Ixtiyoriy qaytishning jinoyat tarkibi belgilariga koʻra tahlili
Jinoyatdan ixtiyoriy qaytishning huquqiy tabiati yuzasidan mushohadalar XX asrning oʻrtalaridan boshlab shakllangan boʻlib, oʻsha davrda olib borilgan tadqiqotlarda uning bir qator tomonlari yoritilgan. Ushbu masalaning genezisiga eʼtibor qaratar ekanmiz, ixtiyoriy qaytishning huquqiy oqibati borasida hanuz yagona qarash shakllanmaganini koʻrish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunida “Ixtiyoriy qaytganlik uchun jinoiy javobgarlik istisno etiladi” degan qoida belgilangan. Shunga qaramay, jinoyat huquqi doktrinasida ixtiyoriy qaytishning huquqiy oqibatini ayrim mualliflar “jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi”, boshqalar “jinoiy javobgarlik istisno etiladi”, yana bir guruh olimlar “jinoiy javobgarlikka tortilmaydi” sifatida ifodalanishi zarurligini bayon etgan. Mazkur fikrlarning asosi aslida ixtiyoriy qaytishda jinoyat tarkibi belgilari mavjud yoki mavjud emasligi bilan bogʻliq. Binobarin, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish masalasi sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi belgilari mavjud boʻlganda yuzaga keladi. Maqolada jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyat tarkibi belgilariga koʻra tahlil qilingan, olimlarning bu boradagi pozitsiyalari tadqiq etilib, muallifning nuqtayi nazari asoslantirilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Other Books By - Kamalova Dildora Gayratovna
Jinoyatga suiqasd qilishning subyektiv tomoni
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Tamom boʻlgan va tamom boʻlmagan suiqasd
12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi, 343.236.1 – Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish.
Kamalova Dildora Gayratovna
Yaroqli va yaroqsiz jinoyatga suiqasd qilish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish va majburan toʻxtatish holatlari tahlili
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Jinoyatga suiqasd qilishdan ixtiyoriy qaytishga oid konseptual qarashlar
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kamalova Dildora Gayratovna
Orqaga
Jinoyat sodir etish bosqichlarining nazariy va amaliy muammolari