Masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining vafot etishi munosabati bilan vujudga keladigan fuqarolik (korporativ) huquqiy oqibatlar
Ishtirokchining jamiyatni boshqarish vakolatlari uning jamiyat ustav fondidagi ulushiga bogʻliq boʻladi. Jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchi vafot etganda, unga tegishli boʻlgan ulush meros tarkibiga kiradi. Biroq bu bilan merosxoʻr jamiyatda ishtirokchi maqomini olmaydi. Mazkur maqolada vafot etgan ishtirokchining masʼuliyati cheklangan jamiyatdagi ulushi uning merosxoʻrlariga oʻtishi, ulushning oʻtishi bilan ishtirokchining huquq va majburiyatlari oʻtishining farqli jihatlari, bu boradagi turli yondashuv va muammolar yoritilgan. Yagona ishtirokchisi boʻlgan hamda ikki va undan ortiq ishtirokchisi boʻlgan jamiyatda ishtirokchi vafot etgan taqdirda, vujudga keladigan fuqarolik huquqiy munosabatlarning farqlanishi misollar asosida koʻrsatib berilgan. Ulushning oʻtishida jamiyat ustavining ahamiyati va boshqa ishtirokchilarning erkin irodasi ifodalanishi, qonunchilikda belgilangan jarayonlar va muddatlar tahlil qilingan. Ustavda belgilangan shartlardan kelib chiqib, merosxoʻr tomonidan jamiyatning ishtirokchisi maqomini olishi holatlari uch xil koʻrinishda tahlil qilingan. Ulushning merosxoʻrga oʻtishi jarayonini va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlari xorijiy davlatlar qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilinib, ushbu jarayonlarni soddalashtirish borasida qonunchilik hujjatlariga takliflar berilgan. Shuningdek, merosxoʻr va ishtirokchilar oʻrtasida vujudga kelgan va sudda koʻrib chiqilgan nizolar oʻrganib chiqilib, sud hujjatlariga nisbatan muallifning shaxsiy munosabati bildirilgan.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Ipak qurti pilla xomashyosini tayyorlash va yetkazib berishning huquqiy tartibga solinishi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Saidahmedov S M
Kolxozlarni bank orqali kreditlash munosabatlarini huquqiy tartibga solish (Oʻzbekiston materiallari asosida)
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Siddiqov Nabijon
Davlat va kolxoz-kooperativ mulkining yaqinlashuvining fuqarolik-huquqiy muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Anartayev Ismoiljan Anartayevich
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga mo’ljallangan mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha hisob-kitob va pul munosabatlari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Kochergina Tamara Vasilyevna
Nazorat qiluvchi aksiyadorlar xulq-atvori tartibga solinishining qiyosiy-huquqiy tadqiqoti
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Abdurazakov Bexzod Abdusamatovich
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash bo‘yicha alohida ish yuritish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Nasullayev Mubin Nutfullayevich
Korporativ nizolarda aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Valeyev Damir Rishatovich
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Samarxo‘jayev Botir Bilalovich
About the author
Orqaga