No Image Available

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishning ayrim nazariy-huquqiy masalalari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Muallif: Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna  Soha: 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 23.04.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: erkinlikhuquqilm-faninnovatsiyatadbirkorlikxotin-qizlar |  Download
 Tasnif:

Maqolada Oʻzbekistonda xotin-qizlarga munosabat masalasidagi davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va ularning normativ-huquqiy asoslari, xotinqizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollarning ahamiyatini oshirish masalalariga e’tibor berilgan. Maqola tadqiqotining obyekti xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kasbga o‘qitish va bandligini sifat jihatidan taʼminlash, ularni tadbirkorlik va biznesga keng jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bogʻliq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-nazariy qarashlardan iboratdir. Tadqiqot olib borishda tarixiy, qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, ilmiy usullardan foydalanilgan. Muallif tomonidan ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga davlat va jamiyat taqdiriga daxldor qarorlarni hayotga tatbiq etish, xususan, qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish, islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida bevosita qatnashishlari tahlil etilgan.

Other Books From - 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi

About the author

Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna

ORCID: 0000-0003-1721-0189

Read More

Other Books By - Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna


 Orqaga