Raqamli moliyaviy xizmatlar tushunchasi, tarixiy rivojlanish va huquqiy asoslari
Oʻtgan yillar davomida jahonda boʻlib oʻtgan moliyaviy inqiroz natijasida bank sohasi kam foizli stavkalar, kreditlar hajmini pasaytirish, tartibga solish hamda muvofiqlik talablarini oshirish bilan bogʻliq masalalarga duch keldi. Soʻnggi yillarda esa katta inqilobiy oʻzgarishlar yuz berib, ular qatorida raqamli bank xizmatlari va raqamli moliyalashtirish singari yoʻnalishlari paydo boʻldi. Bunday ijobiy natijaga erishishning asosiy sababini nafaqat jahonda roʻy bergan iqtisodiy inqiroz, balki Osiyoda faoliyat olib borayotgan moliyaviy kompaniyalarning innovatsion yuksalishi bilan bogʻlash mumkin. Аynan ushbu yuksalishlar zamirida mavjud banklar inqirozdan keyin yuzaga keladigan barcha tahdidlar, shuningdek, moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va platformaga asoslangan raqobatchilardan chakana savdoda raqobatning kuchayishi natijasida kelib chiqadigan raqamli “inqilob” bilan kurashishga majbur boʻldi. Buning natijasida moliyaviy sektorning rentabelligi xavf ostida qolib, Yevropa va Yaponiya banklari kapital xarajatlarini qoplash imkoniyati cheklandi. Shu oʻrinda oʻn yil ichida eng yaxshi moliyaviy barqaror 10 ta kompaniya roʻyxatida “Amazon”, “Google” yoki “Alibaba Group” kabi yirik innovatsion texnologik kompaniyalarning kapitallashuvi “JP Morgan Chase” kompaniyasi mablagʻlaridan ikki baravar koʻpayib ketganligini kuzatish mumkin. Biz mazkur maqola orqali raqamli moliyaviy xizmat koʻrsatish sohasining moliyaviy bozorga kirib kelishi, uning rivojlanish tarixi va huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi mezonlar haqida toʻxtalib oʻtamiz.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Korporativ nizolarda aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Valeyev Damir Rishatovich
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Samarxo‘jayev Botir Bilalovich
Shaxsiy (personal) ma’lumotlarning fuqarolik-huquqiy muhofazasi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Paluaniyazov Xalmuhammed Aytjanovich
Moliya bozorida robot-maslahatchilarning fuqarolik-huquqiy maqomi
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Nabirayeva Zarnigor Akmalovna
Raqamli moliyaviy xizmatlar koʻrsatishni huquqiy tartibga solish muammolari
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Xazratqulov Odilbek Tursunovich
Oilaviy munosabatlarni shartnomaviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Saydivalieva Xurshida Xodjiakbarovna
O‘zbekiston Respublikasi sub’ektlarining xorijiy davlatlar hududidagi investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Ilyasov Ulugbek Baxtiyarovich
Qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyatini shartnomaviy tartibga solish
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
Karabayev Maxsetbay Djoldasbayevich
About the author
Other Books By - Xazratqulov Odilbek Tursunovich
Orqaga