
Ozchiliklar huquqlarining kafolatlari va xalqaro huquq nazariyasida ozchiliklar toifasiga oid mezonlar rivojlanishi
Ozchiliklar huquqlarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari teng huquqlilik va kamsitmaslik tamoyillariga asoslanadi. Zamonaviy xalqaro huquq nazariyasida ozchiliklar toifasiga oid mezonlar rivojlanishi sohaga oid asosiy universal va mintaqaviy xalqaro hujjatlar qabul qilinishi hamda ozchiliklar huquq va manfaatlarini himoyalash mexanizmlari shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlar ning bosh mezoniga aylanib bormoqda. Xalqaro huquq nazariyasida ozchiliklarni aniqlashda ozchiliklar toifasiga oid mezonlar tadqiq etilgan bo‘lib, mazkur mezonlarga quyidagilar n i kiritish maqsadga muvofiq: ma’lum bir davlatning asosiy aholisiga nisbatan miqdor jihatdan oz bo‘lgan guruhgina ozchiliklar maqomiga ega bo‘lishi (miqdor mezoni); ozchiliklarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning boshqa ijtimoiy jamoalardan farqlanishi (fuqarolik mezoni); ozchiliklarning o‘z madaniy, diniy va tilining o‘ziga xosligi hamda o‘z manfaatlarini rivojlantirish va talab qila olish imkoniyatining yo‘qligi (ustunlik bermaslik mezoni); himoyaga muhtoj ozchiliklarning kamsitilish imkoniyati mavjudligi (kamsitilish mezoni); ozchiliklarning o‘ziga xosligini barqaror saqlab qolish hamda birdamlik hissining namoyon bo‘lishi va intilishiga asoslanishi (barqarorlik ta’minlanmaganligi mezoni).
Other Books From - 12.00.10 - Xalqaro huquq








About the author

Orqaga