Odil sudlovni amalga oshirishda prokurorning oʻrni
Muallif: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti Chop etilgan sana: 26.03.2024 Davlat: O'zbekiston Tillar: O'zbek Kalit soʻzlar: adolat | adolatli hukm | apellyatsiya | dastlabki tergov | davlat | fuqarolarning huquq va erkinliklari | himoyachi | jinoyat | jinoyat protsessi ishtirokchilari | kassatsiya | majburlov choralari | moddiy zarar | odil sudlov | prokuror | qonun | sud muhokamasi | taftish | tergov harakatlari | tortishuv prinsipi | xolisona ayblov xulosasi | More DetailsUshbu maqolada jinoyat-protsessual faoliyat, odil sudlovni taʼminlash zarurati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shaxs va jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalar yoritilgan. Jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyati, sodir etilgan jinoyat natijasida huquqlari buzilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqlarini tiklash jarayonlari tahlil qilinib, kelgusida bu kabi jinoiy qilmishlar ayblanuvchi tomonidan takroran sodir etilishining oldini olish masalalari ochib berilgan. Shuningdek, davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlaydigan prokuror, tergovchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni, ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama tekshirish, ularni toʻldirish tartibi oʻrganilgan. Sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohni soʻroq qilish, ashyoviy dalillarni qoʻshimcha ravishda koʻzdan kechirish, toʻliq tekshirilmagan hamda yangitdan yuzaga kelgan masalalarni aniqlash holatlari ochib berilgan. Maqolada ayrim xorijiy davlatlar tajribasi ham oʻrganilgan. Bundan tashqari, jinoyat-protsessual qonunchiligi hamda amaliyotini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berib oʻtilgan.
Orqaga