No Image Available

Oʻzbekistonda strategik rejalashtirishni huquqiy taʼminlash masalasi

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2024-yil 2-son  Muallif: Tulteyev Ilyas Tavasovich  Soha: 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.06.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: Русский  Kalit soʻzlar: davlat boshqaruvihuquqiy qoʻllab-quvvatlashrejalashtirishstrategik rejalashtirishstrategiya |  Download
 Tasnif:

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida strategik rejalashtirishni huquqiy taʼminlash muammolari koʻrib chiqiladi, davlat faoliyatining koʻrsatib oʻtilgan turini huquqiy tartibga solishning nazariy tavsifi beriladi, strategik rejalashtirishni huquqiy taʼminlashning holati, ehtiyojlari va tendensiyalari tahlil qilinadi. Strategik rejalashtirish jarayoni tegishli tartibga solish, huquqiy rasmiylashtirishga muhtoj. Ushbu sohadagi huquqiy tartibga solish ilmiy va uslubiy asosda ishlab chiqilishi kerak. Shuning uchun strategik rejalashtirishni huquqiy tartibga solishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish masalasi huquq fanining dolzarb ilmiy-nazariy muammosidir. Tadqiqotda tarkibiy-mantiqiy, qiyosiy-huquqiy, tavsiflovchi, tizimli-tarkibiy, shuningdek, ilmiy bilimning boshqa usullari, ilmiy va amaliy materiallarni toʻplash hamda tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Ishda strategik rejalashtirishning xorijiy amaliyoti, shu jumladan, uning huquqiy taʼminoti qisqacha tahlil qilinadi. Strategik rejalashtirishni huquqiy taʼminlashning doktrina, uslubiy va qonunchilikka oid asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi. Tahlil asosida tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Oʻzbekistonda “Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunni tezroq qabul qilishning obyektiv zaruriyati toʻgʻrisidagi xulosa asoslab berildi.

Other Books From - 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi

About the author

Tulteyev Ilyas Tavasovich

ORCID: 0000-0002-4321-2329

Read More

 Orqaga