No Image Available

Oʻzbekistonda soliq tekshiruvlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2024-yil 2-son  Muallif: Normatov Bekzod Akram oʻgʻli  Soha: 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.06.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: bojxona organlarikameral soliq tekshiruvisayyor soliq tekshiruvisoliq auditisoliq organlarisoliq tadbirlarisoliq tekshiruvisoliqlar |  Download
 Tasnif:

Muallif mazkur maqolada soliq nazoratining bir turi sifatida soliq tekshiruvi institutiga oid kategoriyalarni tahlil qilgan. Mazkur tadqiqotning maqsadi tadqiqot natijasida soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Soliq organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga toʻgʻridan toʻgʻri noqonuniy aralashishlarining oldini olish maqsadida soliq tekshiruvlari turi, hajmi va tartibining huquqiy asoslarini Soliq kodeksida aniq belgilash dolzarb masala.. Oʻzbekistonda soliq tekshiruvlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qoʻllash amaliyoti, xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va amaliyoti hamda soliq huquqida mavjud boʻlgan konseptual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy kategoriyalar tartibga soladi. Soliq tekshiruvining turlari soliqlar soni va toifasidan kelib chiqadi hamda tadbirkorlarning ish faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmasdan davlat budjetiga tushumlar intizomini taʼminlash asosiy muammodir. Mazkur muammolarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida qiyosiy tahlil qilish, tarixiy-huquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik va boshqa usullar yordamida oʻrganish orqali milliy qonunchilikda soliq tekshiruvi tushunchasi, turlari va tekshiruv jarayonlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan tadbirlar doirasiga oid takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu takliflar ilmiy faoliyat, qonun ijodkorligi, qonunni qoʻllash amaliyoti, soliq qonunchiligi normalarini sharhlash va milliy qonunchilikni takomillashtirishda qoʻllanadi.

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Normatov Bekzod Akram oʻgʻli

ORCID: 0000-0002-1306-9272

Read More

Other Books By - Normatov Bekzod Akram oʻgʻli


 Orqaga