No Image Available

Nizolarni tinch yо‘l bilan hal qilish vositasi sifatida xalqaro tergov komissiyalari tuzishning xalqaro-huquqiy asoslari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2021-yil 4-son  Muallif: Egamberdiyev Dilshod Alisherovich  Soha: 12.00.10 - Xalqaro huquq  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.11.2021  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: deklaratsiyaGaagaJenevakomissiyakonferensiyakonvensiyanizotergovtinchxalqaro huquq | More Details  Download
 Tasnif:

О‘tgan asrning boshlarida xalqaro tergov komissiyalari dastlab davlatlar tomonidan xalqaro nizolarni tinch yо‘l bilan hal etishga kо‘maklashish maqsadida tuzila boshlangan. Xalqaro hamjamiyatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilgandan sо‘ng xalqaro tergov komissiyalari xalqaro maydonda inqirozli vaziyatlarni tekshirish, xalqaro huquq doirasida buzilgan holatlar haqida tо‘liq xabardor bо‘lish va aybdorlarning aybdorlik masalalarini hal qilish maqsadida tuzib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda xalqaro tergov komissiyalari faoliyatiga bugungi kunda genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari, inson huquqlarining buzilishlari bilan bog‘liq vaziyatlarni о‘rganish va tergov qilish maqsadida kо‘proq ehtiyoj sezilmoqda. Bir sо‘z bilan aytganda, xalqaro tergov komissiyalari xalqaro huquqning inson huquqlari, xalqaro gumanitar huquq va xalqaro jinoyat huquqi sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklarni о‘rganish maqsadida murojaat etiladigan xalqaro huquq institutlaridan biri bо‘lib qoldi. Komissiyalar tuzish, о‘z navbatida, xalqaro huquqda о‘zining huquqiy asoslariga ega. Ushbu maqolada muallif xalqaro tergov komissiyalari tuzishning huquqiy asoslari va samarali faoliyatini ilmiy asoslab bergan. Shuningdek, mazkur faoliyatni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq fikrmulohazalar yuritgan.

Other Books From - 12.00.10 - Xalqaro huquq

About the author


 Orqaga