Miting, yig‘ilish vа nаmoyishlаr o‘tkаzishni tаrtibgа soluvchi normаtiv-huquqiy hujjаtlаrning qiyosiy tаhlili
Demokratik jamiyatda yig‘inlar tashkil etish huquqi fuqarolarning asosiy siyosiy huquqlaridan biri bo‘lib, fuqarolarning demokratik boshqaruvda ishtirok etishining muhim kafolati hisoblanadi. Yig‘inlarning miting, yig‘ilish, namoyish, ko‘cha yurishi, piket, fleshmob va boshqa turlari bo‘lib, fuqarolar ularni tashkil etish orqali o‘z fikrlarini erkin namoyon etadilar. Bundan tashqari, fuqarolar ushbu tadbirlar orqali mamlakat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotining turli masalalari bo‘yicha talab va takliflarni ilgari surishlari ham mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarni amalga oshirish huquqini samarali ro‘yobga chiqarish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatning mavjud emasligi, shu o‘rinda miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilanmaganiga qaramasdan, mazkur tadbirlarni o‘tkazganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 217-moddasi, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-202-moddalariga asosan, javobgarlik belgilanganligi holatlari qonunchilikda bo‘shliq mavjudligini ko‘rsatmoqda. Mazkur ishda miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishni tartibga soluvchi xalqaro va milliy normativ-huquqiy hujjatlar atroflicha o‘rganilgan. Bugungi kundagi milliy qonunchilik tomonidan miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish huquqining qamrovi va kafolati, javobgarlik masalasining ahvoli tadqiq qilingan. Mamlakatimizda miting, yig‘ilish va namoyishlarni tartibga soluvchi qonunchilik yuzasidan olimlar va ekspertlar fikrlari, shuningdek, xorijiy davlatlar qonunchiligi qiyosiy tahlil qilinib, xulosalar berilgan hamda mamlakatimizda miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishi bugungi kunning dolzarb muammosi ekanligi yoritib berilgan.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
O‘zbekiston Respublikasida migratsiya jarayonlarini ma’muriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
G‘oyibov Jo‘rabek Choriyevich
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash: nazariya va amaliyot masalalari
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ro‘ziyev Ahror Ikromovich
Ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Avliyaqulov Sunnatulla Xolmurod o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mustanov Ilxom Abdivalijonovich
DXX chegara qo‘shinlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatini takomillashtirish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Xolbo‘tayev Abdug‘ani Abduraximovich
INTERNETDAN FOYDALANISH HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Qudratillayev Jahongir Zokirjon o'g'li
OʻZBEKISTON VA QOZOGʻISTONDA MAHALLIY HOKIMIYAT VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGINI TAʼMINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY MASALALARI
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Kuatbekov Gulnar Kuatbekovna
Xalqaro standartlar asosida bojxona nazoratini soddalashtirishni huquqiy taʼminlash
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ibragimov Otabek Ismoilovich
About the author
Other Books By - Narzullayev Otabek Saydulla o‘g‘li
Orqaga