No Image Available

Masofaviy taʼlim – zamonaviy axborot jamiyatida taʼlimning istiqbolli, gumanistik va integratsiyalashgan shakli

 Muallif: Mamataliyev Toʻlqin Xushmamat oʻgʻli  Soha: 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 30.12.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: asinxronavtoproktoringmasofaviy taʼlimMOOCssinxronSMOCsSPOCsSSOCs | More Details  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada taʼlim olishda shaxsning asosiy huquqlari, masofaviy taʼlim tushunchasi, paydo boʻlish tarixi, zarurati, shuningdek, masofaviy taʼlimning xalqaro doiradagi asoslari va bugungi kunda Oʻzbekistonda ushbu taʼlim shaklining ahamiyati va dolzarbligi, masofaviy taʼlimning zamonaviy axborot jamiyatidagi oʻrni, global masofaviy taʼlim bozori, oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish, masofaviy taʼlimni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar haqida fikr yuritiladi. Barqaror huquqiy va moliyaviy bazani taʼminlash, xalqaro va milliy darajalarda innovatsiyalar va ijodkorlik, amaliyotga taʼsir koʻrsatish, shakllantirish hamda foydalanish, sifat masalalarini hal qilish, tenglik va muvaffaqiyat, oʻzgaruvchan texnologiyalar, mehnat bozorlari, masofaviy taʼlimning yirik transchegaraviy tadqiqotlari orqali olingan tajribalar masofaviy taʼlimning strategik yoʻnalishini belgilashda muhim omil boʻladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida masofaviy oʻqitishni tashkil etish, taʼlim berishning yangi uslublaridan foydalanish, masofaviy taʼlimning tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish nihoyatda dolzarb masalalardan biridir. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda masofaviy taʼlimning me’yoriy-huquqiy bazalarini shakllantirishda sifat kafolatlariga alohida eʼtibor berish kerak, degan qatʼiy pozitsiyani ilgari suradi.


 Orqaga