No Image Available

Masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining vafot etishi munosabati bilan vujudga keladigan fuqarolik (korporativ) huquqiy oqibatlar

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 2-son  Muallif: Saidov Maksudbek Norboyevich  Soha: 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yueidik universiteti  Chop etilgan sana: 23.04.2024  Kalit soʻzlar: huquqni vujudga kelishiishtirokchining maqomikorporativ munosabatmerossud orqali himoya qilishulushning oʻtishi |  Download
 Tasnif:

Ishtirokchining jamiyatni boshqarish vakolatlari uning jamiyat ustav fondidagi ulushiga bogʻliq boʻladi. Jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchi vafot etganda, unga tegishli boʻlgan ulush meros tarkibiga kiradi. Biroq bu bilan merosxoʻr jamiyatda ishtirokchi maqomini olmaydi. Mazkur maqolada vafot etgan ishtirokchining masʼuliyati cheklangan jamiyatdagi ulushi uning merosxoʻrlariga oʻtishi, ulushning oʻtishi bilan ishtirokchining huquq va majburiyatlari oʻtishining farqli jihatlari, bu boradagi turli yondashuv va muammolar yoritilgan. Yagona ishtirokchisi boʻlgan hamda ikki va undan ortiq ishtirokchisi boʻlgan jamiyatda ishtirokchi vafot etgan taqdirda, vujudga keladigan fuqarolik huquqiy munosabatlarning farqlanishi misollar asosida koʻrsatib berilgan. Ulushning oʻtishida jamiyat ustavining ahamiyati va boshqa ishtirokchilarning erkin irodasi ifodalanishi, qonunchilikda belgilangan jarayonlar va muddatlar tahlil qilingan. Ustavda belgilangan shartlardan kelib chiqib, merosxoʻr tomonidan jamiyatning ishtirokchisi maqomini olishi holatlari uch xil koʻrinishda tahlil qilingan. Ulushning merosxoʻrga oʻtishi jarayonini va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlari xorijiy davlatlar qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilinib, ushbu jarayonlarni soddalashtirish borasida qonunchilik hujjatlariga takliflar berilgan. Shuningdek, merosxoʻr va ishtirokchilar oʻrtasida vujudga kelgan va sudda koʻrib chiqilgan nizolar oʻrganib chiqilib, sud hujjatlariga nisbatan muallifning shaxsiy munosabati bildirilgan.

Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

About the author

Saidov Maksudbek Norboyevich

ORCID: 0000-0002-7511-8391

Read More

 Orqaga