Maʼmuriy islohotlar sharoitida oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini maʼmuriy-huquqiy jihatdan tartibga solish: ilmiy-nazariy tahlil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–200-sonli qarorida oliy taʼlim sohasidagi muhim islohotlar nazarda tutilgan. Maqolada ushbu maʼmuriy islohotlar asosida oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini maʼmuriy-huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi muammolar va ularning yechimi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini maʼmuriy-huquqiy tartibga solishni tavsiflash maqsadida E. Elmurodovning monografik tadqiqot ishida keltirilgan besh model koʻrib chiqiladi. Ilmiy-nazariy tahlillar shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda oliy taʼlimning aksariyat masalalari, jumladan, tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziyalash, taʼlim mazmuni, akkreditatsiya, nazorat borasida ham davlatning kuchli taʼsiri bor. Shunga muvofiq tarzda xulosa qilish mumkinki, Oʻzbekistonda oliy taʼlimning Frans Van Vyut tavsiflagan “The State control model” deb nomlangan fransuz tajribasiga yaqin maʼmuriy boshqaruvi mavjud. Oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini maʼmuriy-huquqiy jihatdan tartibga solish ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya berilishi, akkreditatsiya va davlat tomonidan nazorat qilish kabi masalalarni oʻz ichiga oladi deb aytish mumkin. Maqolada, shuningdek, hozirgi kunda mamlakatimiz oliy taʼlimidagi mavjud bir qancha muammolar keltirib oʻtiladi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasini maʼmuriy-huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi mavjud muammolar yechimi boʻyicha bir qancha taklif-tavsiyalar beriladi.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Oʻzbekiston SSR sovetlari sezdlari delegatlari va ular faoliyatining huquqiy shakllari
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Shatursunov Marat Xamdamovich
Oʻzbekiston SSRda sogʻliqni saqlashni boshqarish
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Gulyamov Marat Urunbayevich
Ittifoqdosh respublika Oliy Sovetining Prezidiumi
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ernest Emmanuilovich Chudnovskiy
Mehnatkashlar deputatlari mahalliy sovetlarining tashkil etilishi va faoliyatida sotsialistik qonuniylikni taʼminlash (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Tadjibaeva Marxamat XXX
Ittifoqdosh respublikaning davlat qurilishi sohasidagi vakolatlari (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mixaylov Azarya Natanalovich
Oʻzbekiston SSRda tabiatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mamatov Safar XXX
Mahalliy sovetlar deputatlarining huquqiy maqomi va ularning faoliyat koʻrsatishining asosiy shakllari (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Alimjanov Aman Xamidovich
Ittifoqdosh respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy-huquqiy masalalari (O‘zbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ishenko Stanislav Andreyevich
About the author
Orqaga