Kriminologiyа fanining vujudga kelishi, dolzarb vazifalari va rivojlanish istiqbollari
Ushbu maqolada kriminologiyaning fan sifatida vujudga kelishining ijtimoiy zarurati, rivojlanishining istiqbollari va hozirgi kundagi dolzarb vazifalari tahlil qilingan. Kriminologiya o‘z maqsadiga ko‘ra jinoyatchilik, uning sabab va shart-sharoitlari, jinoyatchi shaxsi, jinoyatdan jabrlanuvchi, jinoyatlar profilaktikasining mohiyati, xususiyati va qonuniyatlarini o‘rganish, jinoyatchilikning alohida turlari hamda yo‘nalishlariga kriminologik tavsif berish, jinoyatlar profilaktikasi samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiqish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi amaliyotini ilmiy taklif va tavsiyalar bilan ta’minlovchi ijtimoiy-huquqiy fan ekanligi asoslangan. Ushbu fan boshqa huquqiy fanlarga nisbatan “yosh” bo‘lsa-da, ham ijtimoiy, ham huquqiy fanlar bilan aloqadorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Kriminologiya fanining mustaqil fan sifatida vujudga kelishi XIX asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ba’zi tadqiqotchilar kriminologiya fani yuzaga kelishini 1764-yilda italiyalik Chezare Bekkariyaning “Jinoyatlar va jazolar haqida” nomli kitobi nashr etilishi bilan bog‘laydi, biroq kriminologiya atamasini ilk bor 1879-yilda fransiyalik Pol Topinard o‘zining antropologik izlanishlar olib borish jarayonida qo‘llagan. Maqolada kriminologiyaning fan sifatida mavjudligi uch xil yondashuv asosida oʻrganilgan. Shuningdek, kriminologiya fani aniqlash, toʻplash, bashorat qilish va aholini xabardor qilish orqali oʻz vazifalarini bajarishi tahlil qilingan. “Raqamli kriminologiya”, “Jinoyatlarni prognoz qilishda sun’iy intellektning o‘rni”, “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda sun’iy intellektning o‘rni” va “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda sun’iy intellektning o‘rni” kabi mavzularda tadqiqot olib borish zarurligi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.
Other Books From - 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Til – huquqning yashash sharti
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Gulyamova Gulnora Yakubovna
“Yurisprudensiya” yo‘nalishida tayyorlanayotgan ilmiy maqolalarning janr-kompozitsion tahlili
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Saloyeva Hilola Ravshan qizi
Tarixiy haqiqat va badiiy talqin
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Rasulmuxamedova Durdona Tolkundjanovna
Interfaol metodlar talabalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish vositasi sifatida (TDYU misolida)
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Mirgiyazova Munisa Mirusmonovna
Ingliz tilini chet tili sifatida oʻqitishda kompetensiyaga asoslangan yondashuv mazmunida ta’lim avtonomiyasi
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Toshmatov Oybek Shokirovich
Masofaviy taʼlim – zamonaviy axborot jamiyatida taʼlimning istiqbolli, gumanistik va integratsiyalashgan shakli
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Mamataliyev Toʻlqin Xushmamat oʻgʻli
Tilning holatini huquqiy tartibga solish va undan turli huquq manbalarida foydalanish xususiyatlari
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Niyazova Nasiba Joʻrabekovna
Ta’limda innovatsion texnologiyalar
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Gulyamova Gulnora Yakubovna
About the author
Orqaga
Iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda “Axborot xavfsizligi” kursini o‘qitish metodikasi