Javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirish tushunchasi, mazmuni va oʻziga xos jihatlari
Mazkur maqolada muallif javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirish: tushunchasi, mazmuni va oʻziga xos jihatlarini yoritgan. Mua llifning qayd etishicha, jinoyatni yengillashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topishning belgisi sifatida JK 98-, 106-moddalarida kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holati nazarda tutilgan. Mazkur jinoyat jabrlanuvchining gʻayriqonuniy va axloqqa zid xulq-atvoriga nisbatan javob reaksiyasi sifatida namoyon boʻladi. Aynan jabrlanuvchining gʻayriqonuniy va axloqqa zid xulq-atvori “kechirimli” holat sifatida namoyon boʻladi va jinoyatni ijtimoiy xavflilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi shaxsning hayoti va sogʻligʻiga qarshi qaratilgan jinoyatlar toifasida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish va qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish jinoyatlaring tutgan oʻrni oʻziga xosligi qayd etilgan. Ushbu jinoyatlar yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlar sirasiga kirishini inobatga olib, ularning tarkibi va oʻziga xos jihatlarini har tomonlama tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jinoyatlarni yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlar toifasiga kirishiga quyidagi ikki holat asos boʻlib xizmat qiladi: birinchidan, ushbu jinoyatlarda aybdor oʻziga xos ruhiy holatda, yaʼni kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holatida harakat qiladi, ikkinchidan, jinoyat huquqi va kriminologiya nuqtayi nazaridan javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida affekt faktining mavjudligi emas, balki aybdorda affekt holatining asosli ravishda vujudga kelganligi, yaʼni uning vujudga kelishiga bosh omil boʻlib jabrlanuvchining gʻayriqonuniy harakatlari yoki axloqqa zid xulq-atvori xizmat qilishi asoslantirilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish institutini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarini noqonuniy tashkil etish va oʻtkazishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.15 - Kriminologiya (yuridik fanlar)
Beristenov Samat Orazbayevich
Odam o‘g‘rilashning jinoyat-huquqiy xususiyatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Akbaraliyeva Muhayyo Karamatullo qizi
INNOVATIVE OFFERS IN EDUCATION AND SOCIETY
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ergasheva Ozoda Erkin qizi
TIBBIYOT YUZASIDAN KASB VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNING KRIMINALISTIK TAVSIFI
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ergasheva Ozoda Erkin qizi
AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZONING IJROSINI TASHKIL ETISH
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ergashev Xudoberdi
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNING HUQUQIY MEHANIZMLARINI O’ZIGA XOS JIHATLARI
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.10 - Xalqaro huquq
Mannonov Asliddin Akbar o‘g‘li
Axloqqa qarshi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.15 - Kriminologiya (yuridik fanlar)
Tosheva Maftuna Anvar qizi
About the author
Other Books By - Hakimov Komil Baxtiyarovich
Orqaga
Pora olish-berishda vositachilik qilish uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish jinoyati tarkibini aniqlash va kvalifikatsiya qilish masalalari