Intellektuаl mulk obyektlаrining bojxonа nаzorаtidа “pаrаllel import” аmаliyoti
Muallif: Аlmosova Shahnoza Sobirovna Soha: 12.00.10 - Xalqaro huquq Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti Chop etilgan sana: 30.12.2022 Davlat: O'zbekiston Tillar: O'zbek Kalit soʻzlar: bojxona nazorati | huquqlar tugashi tartibi | intellektual mulk obyektlari huquqiy muhofazasi | parallel import | tovarlarning erkin harakati | TRIPS bitimi | More DetailsUshbu maqolada intellektual mulk obyektlarining bojxona nazoratida kuzatiladigan “parallel import” hodisasi tushunchasiga berilgan turli ilmiy taʼriflar bilan birga uning xalqaro savdodagi ahamiyati, davlat iqtisodiy holatiga ta’siri, aholining xarid imkoniyatlarini kengaytirishi muhokama qilinib, intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq holatda parallel import masalalari ularning huquqiy muhofazasiga ta’sir ko‘rsatadimi-yo‘qmi, degan savollarga javob beriladi. Shu bilan bir qatorda, uni milliy qonunchilikda huquqiy tartibga solish masalalari hamda umumiy intellektual mulk huquqlari tizimidagi o‘rni muhokama qilinadi. Intellektual mulk huquqlarining tugashi (exhaustion) rejimining ahamiyati, uning xalqaro shartnomalarda aks ettirilishi, jumladan, intellektual mulk bo‘yicha xalqaro hujjatlar va JST doirasidagi TRIPS bitimida keltirilgan “parallel import”ga doir qoidalar, xalqaro, mintaqaviy va milliy huquqlar tugashi doktrinalari haqida ham batafsil ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida parallel import va huquqlar tugashi tartibi bilan bog‘liq qonunchilikdagi muammolar sud amaliyoti (case study) orqali yoritiladi. Xulosa qismida O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligini takomillashtirish, parallel import bo‘yicha sudlar va bojxona organlari amaliyotini muvofiqlashtirish yuzasidan mulohazalar keltiriladi.
Orqaga