Hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasi va uning shakllanishiga doir ayrim nazariy masalalar
Hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatining o‘z manbasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan uchta o‘zaro mustaqil tarmoqqa bo‘linishini nazarda tutadi. Davlat hokimiyatining har bir tarmog‘i davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lib, shu bilan birga, hokimiyatning boshqa bo‘g‘inlarining o‘z vakolatlari doirasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunday nazorat “bir-birini cheklab, muvozanatda ushlab turish” mexanizmi orqali taʼminlanadi. Shu munosabat bilan hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasining shakllanish tarixiga oid ayrim nazariy masalalarni tahlil etish ushbu prinsipning mazmun va mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning samarali davlat hokimiyatini tashkil etishdagi rolini aniqlashga xizmat qiladi. Binobarin, hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasining mazmunini tashkil etuvchi dastlabki gʻoyalar qadimgi dunyo siyosiy-huquqiy tafakkurida vujudga kelgan boʻlib, u asrlar davomida sayqallanib, keyinchalik yaxlit nazariyaga aylangan. J. Lokk va Sh. Monteskyo mazkur nazariyaning asoschilari sifatida tan olingan. Garchi ushbu nazariya yaratilib, u prinsip sifatida davlat hokimiyatini tashkil etishda qoʻllanib kelayotganiga qaramay, ilmiy manbalarda mazkur prinsipning shakllanishi, uning mazmuni va ahamiyati haqida bahslar tugamaydi, qarashlar hatto birbirini inkor etishgacha yetib boradi. Maqolada ushbu masalalarning ayrim jihatlari davlat va huquq nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.
Other Books From - 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar, o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro hamkorlik
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Jumabayev Qobul Nabiyevich
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining konstitutsiyaviy rivojlanishi
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Qoraxoʻjayeva Dilorom Mamirovna
Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ta’minlashning nazariy-huquqiy masalalari
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Gaffarova Shaxnoza Nuritdinovna
Huquqni sharhlashning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Ismaylov Raxat Aminbayevich
Huquqiy aniqlik prinsipi, nazariy-huquqiy masalalar
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Yusupov Ilxomjon Ibodillayevich
Diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zaro munosabatlarining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Rashidov Firuz Tuyg‘unovich
The Essence and Importance of Lawyers’ Professional Training and Continuing Professional Development
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Tuychieva Malika Botir qizi
BOLALARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIK TUSHUNCHASI (TA’RIFI, TURLARI) VA YANGI O‘ZBEKISTONDA BOLALARNI ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Qahramonova Aziza Ulug‘bek qizi
About the author
Other Books By - Axmedshayeva Mavlyuda Axatovna
Orqaga
Idoraviy huquq ijodkorligini takomillashtirish (Ichki ishlar vazirligi misolida)
Markaziy osiyo davlatlarida kodekslashtirish jarayoni: ayrim nazariy-huquqiy masalalar