Hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasi va uning shakllanishiga doir ayrim nazariy masalalar
Hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatining o‘z manbasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan uchta o‘zaro mustaqil tarmoqqa bo‘linishini nazarda tutadi. Davlat hokimiyatining har bir tarmog‘i davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lib, shu bilan birga, hokimiyatning boshqa bo‘g‘inlarining o‘z vakolatlari doirasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunday nazorat “bir-birini cheklab, muvozanatda ushlab turish” mexanizmi orqali taʼminlanadi. Shu munosabat bilan hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasining shakllanish tarixiga oid ayrim nazariy masalalarni tahlil etish ushbu prinsipning mazmun va mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning samarali davlat hokimiyatini tashkil etishdagi rolini aniqlashga xizmat qiladi. Binobarin, hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasining mazmunini tashkil etuvchi dastlabki gʻoyalar qadimgi dunyo siyosiy-huquqiy tafakkurida vujudga kelgan boʻlib, u asrlar davomida sayqallanib, keyinchalik yaxlit nazariyaga aylangan. J. Lokk va Sh. Monteskyo mazkur nazariyaning asoschilari sifatida tan olingan. Garchi ushbu nazariya yaratilib, u prinsip sifatida davlat hokimiyatini tashkil etishda qoʻllanib kelayotganiga qaramay, ilmiy manbalarda mazkur prinsipning shakllanishi, uning mazmuni va ahamiyati haqida bahslar tugamaydi, qarashlar hatto birbirini inkor etishgacha yetib boradi. Maqolada ushbu masalalarning ayrim jihatlari davlat va huquq nazariyasi nuqtayi nazaridan tahlil etiladi.
Other Books From - 12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Sotsializm qurilishi davrida Oʻzbekistonda sovet saylov huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Qoʻziyev E
Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq alohida sharoitlarda militsiya faoliyati va uni tashkil etishning huquqiy masalalari
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Polozov G V
Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashining tashkil etilishi va faoliyati
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Radjabov A
Hozirgi bosqichda Oʻzbekiston SSR mehnatkashlar deputatlari qishloq Sovetlari
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Raximbekova R A
Oʻzbekistonda sovet mehnat huquqining yaratilishi va rivojlanishi
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Sagdullayev T
Oʻzbekiston SSRda ekspertiza va ekspertiza muassasalarining tarixiy rivojlanishi hamda huquqiy tartibga solinishi
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Xalyavin A P
Kasaba uyushmalarining sovet davlatini boshqarishda ishtirok etishining huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish muammolari
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Islamov Zayniddin Muxitdinovich
Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishni boshqarishning huquqiy masalalari
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi
Stasko V N
About the author
Other Books By - Axmedshayeva Mavlyuda Axatovna
Orqaga
Markaziy osiyo davlatlarida kodekslashtirish jarayoni: ayrim nazariy-huquqiy masalalar