Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish
Maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar boʻyicha qonunni qoʻllash amaliyoti muammolari tahlil qilingan, ijtimoiy xavflilik xususiyatlari ochib berilgan, xalqaro hujjatlarga moslashtirish zarurati va ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilingan. Tadqiqot natijasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalarini tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlar va qarama-qarshiliklar aniqlangan. Xususan, Jinoyat kodeksining XIX bobida nazarda tutilgan jinoyatlar tuzilishi blanket xususiyatli boʻlib, biroq ushbu normalar ularning mazmunini aniqlab beruvchi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning normalari bilan nomuvofiq ekanligi hamda ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar tuzilishining murakkabligi, ayrim normalarda turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilanganligi, shuningdek, qonunni qoʻllash amaliyotida ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi aksariyat belgilarni qoʻllashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi va mazkur turdagi ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik oʻrnatilmaganligi hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi mavjud xalqaro-huquqiy hujjatlarning ayrim talablari milliy qonunchilikda oʻz aksini topmaganligi kabilar qayd qilingan. Mazkur holatlar ayni paytda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligiga hamda jinoyat qonunining ushbu turdagi normalarining amalda bir xilda qoʻllanmasligiga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga hamda aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sudyalarning yuridik javobgarligi: zamonaviy holat va rivojlanish yo‘nalishlari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Safarov Tahirjon Bahodirovich
O‘zbekiston Respublikasida Harbiy prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Xudoyberdiyev Bahodir Karimberdiyevich
Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy va amaliy masalalari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Ergashev Farrux Alisherovich
O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Maxmudov Alisher Abdusalimovich
Prokuratura organlarining qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyatida huquqiy vositalarni qo‘llashdagi muammolar va takomillashtirish masalalari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Komilov Avazbek Bokijonovich
Advokatura va advokatlik faoliyatining mustaqilligini ta’minlash kafolatlari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Turdaliyev Djamshid Djamalovich
Huquqiy davlatni barpo etishda advokatura instituti maqomini oshirish muammolari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Ismailov Shaxzod Akramdjanovich
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida tergov tuzilmalari faoliyatini tashkiliy huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Tursunboyev Sardor Murodjon oʻgʻli
About the author
Orqaga