Dunyoviy dаvlаt vа din o‘rtаsidаgi munosаbаtlаrning konstitutsiyaviy-huquqiy аsoslаri xorij vа O‘zbekiston tаjribаsi
Maqolada davlat va din munosabatlarining mazmun-mohiyati Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya Federativ Respublikasi, Polsha Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Yaponiya, Estoniya Respublikasi, Chexiya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyalariga muvofiq tahlil qilinadi; vijdon erkinligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ular uchun xos bo‘lgan umumiylik, o‘xshashlik va o‘ziga xosliklar dunyoviylik, ilmiylik va qiyoslash usullaridan foydalangan holda o‘rganilgan, tegishli xulosalar chiqarilgan, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlari haqida taklif-tavsiyalar bildirilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-mafkuraviy sohalarda diniy omilning taʼsiri kuchayib borayotgani, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotganini inobatga olib, muallif ilmiy jamoatchilikning alohida diqqat-eʼtibori quyidagilarga qaratilishini dolzarb deb hisoblaydi: davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarga oid xalqaro va mintaqaviy hujjatlarni chuqur va atroflicha ilmiy tahlil qilish; davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar genezisi va evolyutsiyasiga bag‘ishlangan keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish; hozirgi davrda amalda bo‘lgan davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xorijiy, shu jumladan, dunyoviy davlatlar qonunchiligini qiyosiy o‘rganish, bu borada erishilgan yutuqlardan milliy qonunchilikni takomillashtirishda tanqidiy foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish. Shuningdek, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga harakat qilayotgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning faollashuvi, ularning dindan, ayniqsa, islomdan niqob sifatida foydalanayotgani, mintaqalar va xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotganini inobatga olgan holda, “Diniy niqob ostidagi terrorchilikka qarshi kurash” to‘g‘risidagi konvensiya loyihasini ishlab chiqish va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasi tomonidan qabul qilinishi davr talabidir.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mehnatkashlar deputatlari mahalliy sovetlarining tashkil etilishi va faoliyatida sotsialistik qonuniylikni taʼminlash (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Tadjibaeva Marxamat XXX
Ittifoqdosh respublikaning davlat qurilishi sohasidagi vakolatlari (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mixaylov Azarya Natanalovich
Oʻzbekiston SSRda tabiatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mamatov Safar XXX
Mahalliy sovetlar deputatlarining huquqiy maqomi va ularning faoliyat koʻrsatishining asosiy shakllari (Oʻzbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Alimjanov Aman Xamidovich
Ittifoqdosh respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy-huquqiy masalalari (O‘zbekiston SSR materiallari asosida)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Ishenko Stanislav Andreyevich
Yoshlarni huquqiy tarbiyalash ishida prokuratura organlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan o’zaro hamkorligi
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Po'latov Baxtiyor Xalilovich
Rejalashtirish sohasida ittifoqdosh respublika vakolati
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Mixaylov Yuriy Azaryevich
Ittifoqdosh respublika — sovet sotsialistik federatsiyasi sub’ekti (huquqiy tartibga solish nazariyasi va amaliyoti)
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
Bobodjanov Negmatjon
About the author
Orqaga