No Image Available

Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini raqamlashtirishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2022-yil 1-son  Muallif: Ergashev Ikrom Abdurasulovich  Soha: 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 15.03.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: majburiy to‘lovlarmajburiyatsoliq imtiyozlarisoliq konsepsiyasisoliq ma’muriyatchiligisoliq majburiyatisoliq preferensiyasisoliq tizimisoliq to‘lovchisoliq turlarisoliq yukisoliqqa tortish | More Details  Download
 Tasnif:

Mazkur maqolada soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash hamda mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari tobora global va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligi yoritilgan. Shuningek, soliq ma’muriyatchiligi rivojiga mutanosib tarzda soliq qonunchiligi normalari va soliq amaliyotini takomillashtirish zarurligi hamda tadbirkorlik subyektlariga tushayotgan soliq yukini keskin kamaytirish orqali investitsiyaviy muhitni rivojlantirish, barcha soliq to‘lovchilar uchun birdek adolatli, shaffof soliq tizimini yaratish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, soliq solish sohasida qonun hujjatlaridagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish hamda insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli tizimli ishlar tahlil qilingan. Soliq huquqi subyektlari huquqlarini ta’minlash, ushbu sohaga “aqlli tartibga solish” modellarini joriy qilish va undagi axborot texnologiyalari ulushini oshirish, yangi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarni huquqiy tartibga solish muhim ahamiyatga ega ekanligining nazariy-amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, qog‘ozsiz hujjat almashinuvini joriy etish va davlat soliq xizmati organlari ishi samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish borasidagi vazifalarni hal qilish muhim ekanligi tahlil etilgan. O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan holda, uning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Other Books By - Ergashev Ikrom Abdurasulovich


 Orqaga