No Image Available

BIG DATANING FUQAROLIK-HUQUQIY REJIMI

лв0
 Format: Monografiya  Tur: Seriyasiz nashr  Muallif: Mamanazarov Sardor Shuxratovich  Soha: 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 15.04.2025  DOI: UO‘K: 347.77:004.6(035.3)(575.1) More Details  Download
 Tasnif:

Monografiyada ilk bor Big Data (katta ma’lumotlar)ning fuqarolik-huquqiy rejimi bilan bog‘liq ilmiy va amaliy muammolari yangicha yondashuv asosida kompleks tarzda tadqiq etilgan. Muallif ilmiy-nazariy va amaliy asoslar orqali Big Data sohasiga oid huquqiy normalarni takomillashtirish zaruratini asoslab, amaldagi fuqarolik qonunchiligiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etadi. Monografiyada ilgari surilgan takliflar, umumlashtirilgan xulosa va qoidalar Big Data doirasida ma’lumotlarni himoya qilish hamda maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishda qo‘llanishi mumkin.

Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish, “Xalqaro xususiy huquq”, “Fuqarolik huquqi”, “Kiber huquq”, “Xalqaro tijorat huquqi”, “Intellektual mulk huquqi” fanlarini o‘qitish va ushbu fanlar bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matolari, o‘quv kurslari dasturlarini yaratish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida va fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirishda samarali foydalanish mumkin.

Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

About the author

Mamanazarov Sardor Shuhratovich

ORCID: 0009-0004-5855-6498

Read More

Other Books By - Mamanazarov Sardor Shuxratovich


 Orqaga