No Image Available

Bank tizimini tashkil etish boʻyicha ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi: qiyosiy-huquqiy tahlil

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnali, 2024-yil 4-son, Seriyasiz nashr  Muallif: Mustanov Ilxom Abdivalijonovich  Soha: 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi, 346.62 – Moliya, kreditlar va hisob-kitoblarni tartibga solish  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 23.08.2024  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Kalit soʻzlar: bank faoliyati maqsadibank faoliyati prinsiplaribank filialibank ishibank tizimibank turlaribank vazifalarimarkaziy bank |  Download
 Tasnif:

Mazkur maqolada moliya tizimi tarkibi sifatida bank tizimi, turlari, bank prinsiplari va vazifalari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotdan maqsad ilmiy oʻrganish natijasida bank tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Banklar moliya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Moliya tizimi moliyaviy munosabatlarni bank-kredit siyosati va qonunchiligi asosida tartibga soladi. Banklar moliyaning alohida tizimi sifatida faoliyat yuritadi, xususan, birinchi boʻgʻinda tijoratchi banklar hamda nobank tashkilotlari, ikkinchi boʻgʻinda mazkur tashkilotlarni nazorat qiladigan Markaziy bank namoyon boʻladi. Markaziy bank, tijorat banklari, shuʼba, chet el ishtirokidagi va chet el banklari yagona bir tizimni tashkil qiladi. Bank tizimi oʻzaro nazorat, boʻysunish va yagona tashkiliy tuzilmani anglatadi. Shu sababli banklar tizimi doirasini aniq belgilash muhim hisoblanadi. Maqolada mazkur masalalarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish, tarixiy-huquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik hamda boshqa usullar yordamida oʻrganish orqali milliy qonunchilikda bank tizimi, prinsiplari tushunchasi ishlab chiqilgan, shuningdek, bank qonunchiligiga doir takliflar berilgan. Mazkur takliflar ilmiy faoliyatda, qonun ijodkorligida, qonunni qoʼllash amaliyotida, bank qonunchiligi normalarini sharhlashda, milliy qonunchilikni takomillashtirishda qo‘llanadi. Tijorat banklarining maqsadi daromad olishga qaratilgan boʻlib, ular shu maqsadda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasini kreditlaydi hamda moliyalashtiradi

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Mustanov Ilxom Abdivalijonovich

ORCID: 0009-0000-0203-2776

Read More

Other Books By - Mustanov Ilxom Abdivalijonovich


 Orqaga