Arbitraj kelishuvlaridagi huquqni tanlash masalalarini hal etishda erk muxtoriyati (party autonomy) prinsipi tahlili
Erk muxtoriyati prinsipi xalqaro xususiy huquq ishtirokchilariga o‘z xohishlari asosida harakatlana olishlariga imkon beradi. Mazkur prinsip asosida esa taraflar mavjud nizolar yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni milliy sudlar tizimi bilan emas, arbitraj bilan hal etishga kelisha oladilar. Arbitraj kelishuvi bitimlari esa arbitraj jarayonlari boshlanishi uchun asos vazifasini o‘taydi. Taraflarning birgina xohishi, ya’ni irodasi taraflar o‘rtasidagi nizolarni sudlar yordamida emas, arbitraj orqali hal etishga yordam beradi. Mazkur maqolada arbitraj kelishuvi bitimlari tuzilishida erk muxtoriyati (party autonomy) prinsipining ishtiroki o‘rganib chiqiladi. Arbitraj kelishuvi bitimi tuzilishi jarayonida taraflar erk muxtoriyati prinsipidan qay darajada foydalana olishlari tadqiq etiladi. Taraflarning erk-irodasi, ya’ni xohishlari arbitraj bitimi tuzishda asos vazifasini bajarishi muhokama qilinadi. Arbitraj kelishuvi bitimlarining huquqiy ta’rifi hamda tabiati turli qonunchilik manbalari bilan qiyoslangan holda sharhlanadi hamda arbitraj kelishuvi bitimlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Bundan tashqari, arbitraj kelishuv bitimining eng asosiy vazifasi hisoblangan yurisprudensiya, ya’ni nizolar uchun qo‘llanadigan huquqni tanlash amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Shuningek, arbitraj kelishuvi bitimini tuzuvchilar tomonidan nizolar uchun qo‘llanadigan huquq kelishuv bitimida ko‘rsatilmaganida, nizolar qay tartibda ko‘rib chiqilishining eng samarali usullari taqdim etiladi.
Other Books From - 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Marufov Oybekjon Uktamovich
Fuqarolik protsessida alohida tartibda ko‘riladigan ishlarning ayrim turlarini takomillashtirish
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Subxonov Sherali Muhammad o‘g‘li
Onlayn sud majlislari fuqarolik sud majlislarini virtuallashtirishning yangi bosqichi
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Pirmatov Otabek Shavkatovich
Nizolarni muqobil tartibda hal qilishda hakamlik sudlari va ularning turlari
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Haqberdiyev Abdumurod Abdusaidovich
Sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi)ning iqtisodiy protsessdаgi huquqiy maqomini takomillashtirish
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Xudoynazarov Dadaxon Avaz o‘g‘li
Taraflar tortishuvi va teng huquqliligi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar amaliyoti
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Esanova Zamira Normurotovna
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish yuritishni protsessual-huquqiy tartibga solish masalalari
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya, 343.1 – Jinoiy sud ishlarini yuritish. Jinoiy-protsessual huquq
Abdullayev Boymurod Jo‘rayevich
Notarial jarayon tushunchasi va uning xususiyatlari
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
Karimova Madina Mirzadjanovna
About the author
Orqaga