No Image Available

Advokatning dalillar to‘plash va mustahkamlash jarayonidagi rolini oshirish

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2022-yil 3-son  Muallif: Gafurov Mavlon Kuchkarovich  Soha: 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 10.10.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: advokat isbot qilish subyektidalillar to‘plashiltimosnoma kiritishisbot qilishtortishuvchanlik | More Details  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada jinoyat ishlari bo‘yicha isbot qilishni amalga oshirishda himoyachining tutgan o‘rni va ahamiyati, mazkur masalani tartibga solish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari tarixi hamda olimlarning fikrlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy bo‘shliqlar, amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan. Jumladan, O‘zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksida ayblanuvchining himoyachiga ega bo‘lish huquqi ko‘rsatilmagan. Faqat prokurorning qarori va ruxsati bilangina himoyachi ayblanuvchiga ayb e’lon qilingan paytdan ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida qonunchilik hujjatlari xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida tubdan qayta shakllantirilib, advokatlarning huquqiy maqomi oshirilgan, biroq, shu bilan birga, shaxs huquqlarining to‘laqonli himoyasi uchun qonunlarda yetarlicha imkoniyat yaratilmagan. Jumladan, qonunda himoyachi tomonidan daliliy ahamiyatga ega ma’lumotni olish, uni qayd etish va tergov organiga taqdim etish tartibi belgilanmagan. Bundan tashqari, himoyachini dalillar to‘plash subyektlari qatoriga qo‘shish yoki qo‘shmaslik masalasida yakdil fikrga kelinmagan. Shuningdek, amaliyotda advokatning iltimosnomasini asossiz rad etish holatlarining oldini olish choralari ko‘rilmagan. Keltirilgan tahlillar asosida advokatning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar berilgan.

Other Books From - 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi

About the author

Gafurov Mavlon Kuchkarovich

ORCID: 0000-0002-6322-6379

Read More

 Orqaga