No Image Available

Ish bajarish va xizmat koʻrsatish munosabatlarida iste’molchiga etkazilgan zararni qoplash subyektlarini aniqlash masalalari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi – Вестник юридических наук – Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2021-yil 3-son  Muallif: Babaev Jahongir Ismoilbekovich  Soha: 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq  Chop etilgan sana: 15.04.2026  Davlat: O‘zbekiston  Tillar: O‘zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim More Details  Download
 Tasnif:

Annotasiya. Ish bajarish va xizmat koʻrsatish sohalarida iste’molchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan subyektlar doiras xilma-xildir. Deyarli barcha holatlarda bu subyektlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Biroq bugungi kunda ish bajarish va xizmat koʻrsatishlarning innovasion usullari keng tarqalayotganligi, Internet tarmogʻi orqali onlayn xizmat koʻrsatish turlarining ommalashib borayotganligi iste’molchi bilan huquqiy munosabatga kirishayotgan subyektlar doirasini aniqlash muammosini yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, frilanserlik faoliyatining rivojlanayotganligi, masofaviy ish bajarish va xizmat koʻrsatish koʻlamining ortib, onlayn xizmat turlarining takomillashib borayotganligi iste’molchilar huquqlariga nisbatan yangi xavf va chaqiriqlarni paydo qilmoqda. Bu esa ayni paytda iste’molchilarga yetkazilgan zararlar uchun javob berishi lozim boʻlgan subyektlarni aniqlash va topishda qiyinchiliklar kelib chiqishiga, ayrim oʻrinlarda esa zararlarning qoplanmay qolishiga olib kelmoqda. Ushbu yuqoridagi qoidaning amal qilishi uchun esa jamiyatda erkin raqobat, talab va taklifga asoslangan bozor boʻlishi zarur. Shu bilan birga, har bir fuqaro iste’molchi sifatida oʻz huquqlarini himoya qilishi mumkinligi, “iste’molchi doimo haq ekanligi” iste’molchilar oʻrtasida keng targʻib qilinmayotganligi ham iste’molchi huquqlarini himoya qilishda aytarli natija bermaydi. Mazkur omillar ish bajarish va xizmat koʻrsatish sohasida iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplash subyektlarini aniqlashga nisbatan yangi huquqiy yechimlar va qoidalar ishlab chiqish dolzarbligini ifodalaydi.

Kalit soʻzlar: iste’molchi; zarar; subyekt; ish bajarish; xizmat koʻrsatish; shartnoma; frilanser; tadbirkor; jismoniy shaxs; yuridik shaxs.

Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

About the author

Babaev Jahongir Ismoilbekovich

ORCID: 0000-0003-4629-2486

Read More

Other Books By - Babaev Jahongir Ismoilbekovich


 Orqaga