No Image Available

ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI

лв0
 Format: Ilmiy maqola  Muallif: Qilichova Munira Azimjon qizi  Soha: 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 27.06.2025  ISBN: 2181-1938  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  DOI: 10.51788/tsul.jurisprudence.5.3. More Details  Download
 Tasnif:

Ushbu maqolada mudoraba shartnomasi asosida jalb qilingan kapitalni kafolatlashi masalasi shariat nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Islomiy moliya tizimida mudoraba – bu foyda olish maqsadida tuziladigan sheriklik sharti hisoblanib, bu moliyaviy jarayonda faqat investor (rabb-ul-mal) kapital bilan ta’minlaydi. Mudorib esa boshqaruvchi bo‘lib, uning mahorati, tajribasi, fidoyiligi va halol harakati natijasida foyda hosil bo‘lishi kutiladi. Zararni esa faqat investor ko‘taradi, mudoribning zimmasidan ilgari surilgan xatti yoki xodisa yuzasidan javobgarlik bo‘lmasa. Birinchi guruhda, kapital kafolatini taqiqlovchi shariat normalariga ko‘ra, mudorib investorni zarardan himoya qilishi, unga kafolat berishi va yo‘qotishlarning oldini olishi islom moliya prinsiplari negiziga mos kelmaydi. Ularning fikricha, tokida belgilab qo‘yilgan mudorib moliyaviy xavflarni kamaytirish mexanizmlarini qo‘llashi, investitsiya faoliyatini shaffof yuritishi, ma’lum tajriba va kasbiy malakaga ega bo‘lishi lozim. Ikkinchi guruhdagi olimlarning fikricha, mudorib investorning mablag‘larini himoya qilish maqsadida sug‘urta vositalaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston amaliyotida mudoraba shartnomasidan foydalanish imkoniyatlari va ularni kapitalni kafolatlash tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Islomiy banklar faoliyatida mudoraba shartnomasidan foydalanish, investitsiyalarni jalb qilishda banklar va investorlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, risklarni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan. O‘zbekiston amaliyotida ushbu shartnoma asosida moliyaviy faoliyat yuritishning huquqiy imkoniyatlari ham yoritilgan. Ushbu maqola, mudoraba shartnomasida kapital kafolatini ta’minlashning shariat normalariga muvofiqligini o‘rganish orqali islom moliyasi tizimidagi zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishga qaratilgan.

Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

About the author


 Orqaga