No Image Available

Pora olish-berishda vositachilik qilish uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonunchiligini takomillashtirish

лв0
 Format: Avtoreferat  Muallif: Xojiyeva Ro‘zigul Xudayberdiyevna  Soha: 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 21.02.2025  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  DOI: udk: 343.352 (043.5)(575.1) More Details  Download
 Tasnif:

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dunyoda poraxo‘rlik jinoyatlarining vositachilar yordamida sodir etilishi korrupsiyaning yanada avj olishiga zamin yaratib, huquqiy tizimga ishonchsizlikni orttirib, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazmoqda. Xususan, Transparency International xalqaro tashkiloti korrupsiyaning dinamik ko‘rsatkichlari Italiyada – 57 %, Gretsiyada – 31 %, AQShda – 26 %, Yaponiyada – 24 %, Buyuk Britaniyada – 22 %, Germaniyada – 21 %, Kanadada esa 19 %ni tashkil etishini ko‘rsatadi. Mazkur holat davlat idoralari va xususiy sektorda korrupsion tuzilmalar ta’sirida oqibatli korrupsion sxemalarning mustahkamlanishi, ularni aniqlash va bartaraf etish qiyinlashib borishini anglatadi. Pora olish-berish va unda ishtirokchilik qilinishining tizimli muammo­ga aylanishi inkor qilinib kelmoqda. Bu kabi holatlar mamlakat taraqqiyoti yo‘lida ijtimoiy xavfni minimallashtirish, tizimni shaffoflashtirish va raqamlash­tirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro standartlarga rioya etish, ayniqsa jinoyat qilmishlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash va uni takomillashtirish alohida ahamiyat qaratishni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, poraxo‘rlik jinoyatlariga qarshi kurashish amaliyotini takomillashtirish zaruratini ko‘rsatadi.

Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi

About the author


 Orqaga