No Image Available

Ta’lim faoliyati sohasidagi hujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning keyingi bosqichi muammosi

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2021-yil 4-son  Muallif: Ildebaev Rizabek Yermagambetovich  Soha: 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 24.11.2021  Davlat: O'zbekiston  Tillar: Русский  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: bosqichlardalilhujjatjinoiy faoliyatjinoiy javobgarliksudgacha tergov organitergov holativazifalaryashirin tergov harakati | More Details  Download
 Tasnif:

Mazkur tadqiqotning maqsadi ta’lim faoliyati sohasida hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning keyingi bosqichining nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash, umumlashtirish va tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich hal etish orqali ta’minlandi: qonunchilik va tergov amaliyoti evolyutsiyasi sharoitida hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish xususiyatlarini o‘rganish, ta’lim faoliyati sohasida, shu jumladan, xorijda hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning bugungi holatiga baho berish, keyingi bosqichda ta’lim faoliyati sohasida qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash. Ishda bilishning tarixiy, mantiqiy, umumlashtirish, tahlil, sintez, funksional metod kabi umumiy ilmiy usullaridan foydalanildi. Maqolada ta’lim hujjatlarini qalbakilashtirishni tekshirishning keyingi bosqichi masalalari aks ettirilgan. Bu bosqich tergov vaziyatlari bilan belgilanadigan xususiyatlar bilan tavsiflanadi: tergovga qarshilikni bartaraf etish zarurati, tergov tugaguniga qadar tezkor yordam ko‘rsatish zarurati, jinoyat sodir etishda ishtirok etgan barcha shaxslarni aniqlash, gumon qilinuvchi shaxslarning aybini isbotlash zarurligi, tergovchi tomonidan NTSdan foydalanishning maqsadga muvofiqligi, sud ekspertlari va boshqa mutaxassislarni jalb qilish zarurati, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning turli bo‘linmalari, shu jumladan, xorijiy bo‘limlar o‘rtasida ma’lumot almashish zarurati, turli qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish va qo‘shimcha ekspertizalarni tayinlash. Rasmiy ta’lim hujjatlarini qalbakilashtirish o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar qatoriga kiradi. Soxta rasmiy ta’lim hujjati jinoyat sodir etishning subyekti va vositasi sifatida ham harakat qilishi mumkin. Ta’lim hujjatlarini qalbakilashtirishni keyingi bosqichda tekshirishda, birinchi navbatda, biron-bir asosiy ma’lumot, tafsilotni o‘tkazib yubormaslikni ta’minlaydigan tergov strategiyasini belgilash tavsiya etiladi.

Other Books From - 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi

About the author


 Orqaga