
О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bо‘yicha yuridik shaxs muassisi javobgarligining nazariy va amaliy muammolari
Yuridik shaxsning javobgarligi bilan bog‘liq masalalar, bunda mavjud bо‘lgan muammoli va yechimini topishi lozim bо‘lgan konseptual jihatlar, uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan munozarali savollar zamoniy voqeliklar, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar negizida rivojlangan bozor qonuniyatlaridan kelib chiqib tahlil etilishi dolzarbdir. Sodda qilib aytganda, yuridik shaxsning javobgarligi uning о‘z majburiyatlari uchun о‘ziga tegishli bо‘lgan mol-mulk bilan javob berishini anglatadi. Bunda yuridik shaxs zimmasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun о‘zining mulkida mavjud bо‘lgan mol-mulk bilan javob beradi. Biroq bu sodda konstruksiya har doim yuridik shaxsning javobgarligi uchun yetarli bо‘lmaydi. Kо‘p hollarda yuridik shaxsning majburiyatlari uchun javobgarlik yuzaga kelganda, uning mol-mulki yetmay qolishi mumkin va bu holatda javobgarlik kimning zimmasida bо‘lishi muammosi yuzaga keladi. Yuridik shaxs konstruksiyasining mohiyatida yuridik shaxs mol-mulkining muassislar va ishtirokchilari mol-mulkidan ajratilganligi va yuridik shaxs faqat ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob berishi e’tirof etilgan edi. Ushbu nuqtayi nazardan turib yondashilsa, yuridik shaxs javobgarligini ta’minlashda unda mavjud bо‘lgan mol-mulkning yetarli bо‘lmasligi kreditorlarning qolgan talabi qondirilmasligini anglatadi. Biroq bu holatda kreditor manfaatlariga putur yetgan va yuridik shaxs tuzib undan foyda olgan va uning faoliyatini bevosita amalga oshirgan shaxslar tomonidan turli suiiste’molliklar va qing‘irlik (maxinatsiya)larga yо‘l qо‘yilishi yuzaga kelar edi. Shu sababli amaldagi qonunchilik yuridik shaxslar javobgarligini belgilashda bir-biridan mustaqil ikki subyekt – yuridik shaxs va uning muassisi (ishtirokchisi) aloqadorligi va mas’uliyatini belgilaydi. Bunday yondashuv yuridik shaxsning deyarli barcha tashkiliy-huquqiy shakli uchun xosdir.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq








About the author
Orqaga