No Image Available

Xorijiy mamlakatlarda hukumatni shakllantirishning noparlamentar usuli qiyosiy-huquqiy tahlil

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2022-yil 1-son  Muallif: Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich  Soha: 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 15.03.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: Bosh vazirhukumathukumat javobgarligiishonchnoparlamentar usulprezident | More Details  Download
 Tasnif:

Mazkur maqolada hukumatni shakllantirishning usullaridan biri bo‘lgan noparlamentar usul to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi mulohazalarini keltirish va xorijiy mamlakatlarning ijro etuvchi hokimiyat oliy organini shakllantirishga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini o‘rganish asnosida uning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, hukumatni siyosiy javobgarlikka tortishga doir xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviyhuquqiy amaliyoti tahlil qilingan. Turli davlatlarda hukumat ijtimoiy hayot sohasiga doir turli vakolatlarni amalga oshirsa-da, barcha rivojlangan demokratik davlatlarda hukumat o‘z faoliyatining asosi sifatida fuqarolarning haq-huquqlari, manfaatlari va erkinliklari himoyalanishini ta’minlashni ifoda etadi. Ana shu fuqarolar tomonidan saylangan xalq vakillari qabul qilgan qonunlar ijrosi bevosita hukumatning faoliyati va u qabul qiladigan huquqiy hujjatlar asosida ta’minlanadi. Hukumatning shakllantirilish tartibi va ijro etuvchi hokimiyatning tegishliligi, avvalo, muayyan davlatning boshqaruv shakliga bog‘liq. Shuningek, qonunchilikni tahlil qilish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat rahbari sifatidagi huquqiy maqomining muhim jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bu parlamentar davlatlarda hukumat va uning a’zolari iste’foga chiqishining konstitutsiyaviy tartib va tamoyillarini belgilash hamda amalga oshirish to‘g‘risidagi xulosalar uchun asos bo‘ladi.

Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi

About the author

Hoshimxonov Ahrorxon Muminovich

ORCID: 0000-0003-4372-7173

Read More

 Orqaga