Konstitutsiyaviy normalarning jinoyat qonunchiligi prinsiplari sifatida aks ettirilishi
Davlatning yagona huquq tizimi Konstitutsiyaga asoslanadi va unga bo‘ysunadi. Konstitutsiyadagi normalar boshqa huquq sohalarida ushbu sohani tartibga solish predmetidan kelib chiqqan holda o‘z aksini topadi. Shu jumladan, jinoyat huquqi ham Konstitutsiya normalariga asoslanadi. Konstitutsiya jinoyat huquqi normalariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, ularning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligini belgilaydi va shu orqali barcha jinoyat qonunchiligining ijtimoiy mazmunini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega ekanligi, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar Konstitutsiya normalari va tamoyillariga zid bo‘lmasligi kerakligi to‘g‘risidagi qoidalar jinoyat huquqi uchun nihoyatda muhim tartibga solish vazifasini bajaradi. Konstitutsiya davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining xususiyatlarini belgilab beradi, jinoyat huquqi tamoyillari esa konstitutsiyaviy qoidalarga asoslanadi. Maqolada jinoyat huquqi prinsiplarining jinoyat qonunchiligida aks ettirilishi masalalari tadqiq etilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida jinoyat qonuni prinsiplari va jinoiy javobgarlik prinsiplari tushunchalari o‘rtasidagi farq tushuntirib berilgan. Muallif tomonidan jinoyat qonunchiligi prinsiplari mazmuni alohida normalarda ochib berilishi maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan. Jinoyat kodeksida prinsiplar mazmunini belgilashga oid takliflar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Orqaga