Mehnat qilish erkinligining konstitutsiyaviy asoslari o‘rindoshlik asosida ishlash misolida
Maqolada har bir fuqaroning o‘z mehnat faoliyati, xususan, o‘rindoshlik va bir necha kasbda ishlash kabi konstitutsiyaviy huquqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mehnat huquqining bu instituti, uning huquqiy tabiati va boshqa mehnat turlaridan farqli xususiyatlari, shuningdek, o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish va tugatishning alohida tartibi o‘rganildi. Har kimning mehnat qilish huquqini hisobga olgan holda to‘liq bo‘lmagan ish kunida ishlashning barcha cheklov va imtiyozlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ma’lum shartlar bilan to‘liq bo‘lmagan vaqtli malakali mutaxassislarni ishga olish tendensiyasi keng tarqalgani qayd etilgan. Bunday xarakterdagi bandlik xodimlarga muayyan soha bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirish, shuningdek, qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ushbu turdagi bandlik ko‘pincha to‘liqsiz ish vaqti turida amalga oshiriladi. To‘liq bo‘lmagan ish kuni institutini o‘rganayotganda, shuni ta’kidlash kerakki, u yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, asosan xodimlar uchun foydalidir, lekin ish beruvchi uchun ham ijobiy tomonlarga ega. Xususan, kichik korxonalar rahbarlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar malakali va tajribali mutaxassislarga muhtoj bo‘lib, ular bilan o‘rindoshlik asosida mehnat shartnomasini tuzish moliyaviy jihatdan foydalidir.
Other Books From - 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
The Nature of Social Partnership in the Labor Sector
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Jasur Abdugafforov
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Jasur Abdug‘afforov
Mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlashning huquqiy muammolari
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Ismoilova Aziza Alisher qizi
Muddatli mehnat shartnomalarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Raximberganova Bonu Davlatnazarovna
Mehnat munosabatlarida gender tenglikni taʼminlashning huquqiy muammolari
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Ismoilova Aziza Alisher qizi
Masofaviy xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Jo‘rayev Islombek Anvar o‘g‘li
Muddatli mehnat shartnomalarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Raximberganova Bonu Davlatnazarovna
Xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan taqdirda mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
Murodullayev Dostonjon Nigmatullo o‘g‘li
About the author
Orqaga
Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi