Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Muallif: Jasur Abdug‘afforov Soha: 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi Nashriyot: “HUQUQ va BURCH+” – «ПРАВО и ДОЛГ+» – "RIGHT and DUTY+" Chop etilgan sana: 23.07.2025 DOI: https://adolatmarkazi.uz/magazine/electron?id=310 More DetailsMazkur maqolada mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsiplarining huquqiy mazmuni, ularning mehnat munosabatlaridagi roli va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Ijtimoiy sheriklik prinsiplarining huquqiy maqomi haqidagi turli yondashuvlar yoritilib, O‘zbekiston qonunchiligi, bu sohadagi xalqaro tajriba va yuridik fanlar doirasidagi olimlarning fikrlari asosida ilmiy tahlil o‘tkaziladi. Maqolada shuningdek, ijtimoiy sheriklik prinsiplarining mehnat nizolarini hal etish, jamoaviy muzokaralarni o‘tkazish, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar ishini tartibga solish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish jarayonidagi o‘rni va roli o‘rganiladi. Muallif ijtimoiy sheriklik prinsiplarining amaliyotini oshirish bo‘yicha qonunchilikka takliflarni ilgari suradi.
Orqaga