O‘zbekiston Respublikasi jinoiy jazolarni ijro etish tizimida mahkumlarni axloqan tuzatish vositalarining turlari va ularning funksiyalari
Mazkur maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasi jinoiy jazolarni ijro etish tizimida mahkumlarni axloqan tuzatish vositalarining turlari va ularning funksiyalarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilgan. Muallifning qayd etishicha, jinoyat-ijroiya qonunchiligida mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalari orasida birinchi o‘rinda jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) belgilab qo‘yilgan. Chunki rejim jazoni ijro etishning butun jarayonini o‘z ichiga qamrab oladi. Maqolada mahkum jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan payt jazoni o‘tash bilan bog‘liq talablarni bajarishi shartligi hamda mazkur talablar rejimning jazolovchi, tarbiyalovchi, ogohlantiruvchi funksiyasidan kelib chiqib amalga oshirilishi qayd etilgan. Shuningdek, rejimning jazolash, tarbiyalash hamda ta’minlash funksiyalari tahlil qilingan. Bundan tashqari, olib borilgan tahlil natijasida muallif mahkumni axloqan tuzatish vositalari jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi), tarbiyaviy ish, ijtimoiy va foydali mehnat, umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi hamda jamoat ta’siridan iboratligi, mazkur axloqan tuzatish vositalari jazoni ijro etishda mahkumlarga nisbatan qo‘llanadigan maxsus choratadbirlar hisoblanishi va jazoni ijro etishning bir qismi ekanligi haqida xulosaga kelgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Ushbu monografiyada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar umumiy tavsifi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan bog‘liq retrospektiv tahliliy ma’lumotlar, davlat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni amalga oshirishda hudud masalasi amaldagi qonunchilik bayoni hamda ayrim xorijiy davlatlarnining jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi bilan bog‘liq masalalarni milliy qonunchilik bilan umumiylik va o‘ziga xoslilik jihatllari bo‘yicha qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazish orqali o‘rganilgan. Ushbu monografiya oliy o‘quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Qasddan badanga engil shikast etkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xojabekov Palmurza Kalmurzaevich, Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li
Oʻgʻrilik, qarshi kurashish va barvaqt oldini olish boʻyicha (Toshkent shahri Yashnobod tumani misolida) ilmiy-amaliy metodika
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich, Mirzayev G‘iyosbek Isroil o‘g‘li
Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha Yashnobod tumani boʻyicha huquq metodikasi
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Kurbanov Ma’rufjon Mamadaminovich, Shamsidinov Zayniddin Ziyoovidinovich
Jinoyat subyekti fakultativ belgilarining nazariy va amaliy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karaketova Dilnoza Yuldashevna
Kiberfiribgarlikdan himoyalanish bo‘yicha amaliy metodik qo‘llanma
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Karimov Boburjon Zokirjonovich
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyatining jinoiy-huquqiy jihatlari
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Siddiqjonov Muxtorjon Alisher oʻg‘li
Oʻzbekiston SSRda bezorilikka qarshi kurash qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
Umurov T U
About the author
Other Books By - Matchanov Faxriddin Kuramboy o‘g‘li
Orqaga
Mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti va mehnatini takomillashtirish masalalari