Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi
Mazkur maqolada “mehnat shartnomasini bekor qilish”, “mehnat shartnomasini to‘xtatish” va “ishdan bo‘shatish” tushunchalarini qo‘llash masalalari hamda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan biri sifatida mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan hollarda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, ushbu asoslarni amalda qo‘llash mexanizmi mavjud emas. Ya’ni qaysi asos bilan qanday tartibda va qanday muddatlarda mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinligi haqida qoidalar belgilanmagan. Hatto boshqa qonun hujjatlarida ham bu masalaga havola qilingan normalar uchramaydi. Shu sababli hozirgi kunda ushbu asoslarni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar soni ortib bormoqda. Buning oqibatida esa xodimlarning mehnat qilish huquqlari buzilish hollari mavjud. Vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan asoslarni qo‘llash mexanizmi ishlab chiqilishi va qonunchilikka tatbiq etilishi zarur. Kodeksdagi bunday bo‘shliqlarning yo‘qotilishi va normalarning takomillashtirilishi nafaqat xodim huquqlarini ta’minlaydi, balki ish beruvchilarni ham huquq normasini to‘g‘ri qo‘llashga yo‘naltiradi.
Other Books From - 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
About the author
Orqaga