No Image Available

Mehnat migratsiyasini raqamlashtirish va unga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq qilish istiqbollari

лв0
 Format: Elektron nusxa, Ilmiy maqola  Tur: “Yuridik fanlar axborotnomasi - Вестник юридических наук - Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy huquqiy jurnali, 2022-yil 4-son  Muallif: Musayev Bekzod  Soha: 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi  Nashriyot: Toshkent davlat yuridik universiteti  Chop etilgan sana: 30.12.2022  Davlat: O'zbekiston  Tillar: O'zbek  Ta'lim bosqichi: Oliy ta'limdan keyingi ta'lim  Kalit soʻzlar: elektron onlayn platformalarIT texnologiyasimehnat migratsiyasimigratsiya siyosatisunʼiy intellektvirtual migratsiya | More Details  Download
 Tasnif:

Mazkur maqolada demografik va globallashuv jarayonidagi o‘zgarishlar, Covid-19 ning jamiyatdagi ijtimoiy hamda umumiy huquqiy yondashuvlarga ko‘rsatgan taʼsiri natijasida shakllanayotgan raqamli jamiyatda migratsiyani tartibga solish istiqbollari, uning oqibatlari va sabablari o‘rganilgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston – 2030“ konsepsiyasini tatbiq etishga bo‘lgan harakatlar hayotiy muhim bo‘lgan mehnat migratsiyasi jarayonlarini raqamlashtirish, ushbu sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish vazifasini qo‘ymoqda. Bu, o‘z navbatida, sohani raqamlashtirishning texnik vositalari bilan bir qatorda huquqiy asoslari, kiberxavfsizlik masalalari, shaxsga doir axborotlar muhofazasi kabi muammolarni hal qilish zarurligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi o‘tgan o‘n yillikda alohida davlatlarda sezilmas darajada rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarga “aqlli boshqaruv” texnologiyalarini joriy qilishning katta kuch bilan tezlashuviga sabab bo‘ldi. Ushbu jarayonlardan mehnat munosabatlari ham chetda qolmadi. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), sunʼiy intellekt va “aqlli boshqaruv” usullari raqamlashtirish shaklida mehnat bozorida o‘zining samaradorligini qisqa muddatlarda isbotladi. Mazkur yangi yondashuvlarni milliy qonunchilikka joriy qilish uchun O‘zbekistonning migratsiya sohasidagi qonunchiligini xalqaro talablarga moslashtirish, uni raqamlashtirishda, eng avvalo, inson huquqlarini taʼminlashga qaratilgan fundamental prinsiplarga rioya qilinishini taʼminlash kerak. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishda asosiy yo‘nalish insonning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va mehnat qilish huquqini kafolatlash hamda ushbu jarayonlarni soddalashtirishga qaratilgan axborot texnologiyalari bo‘lishi zarur, degan qatʼiy pozitsiyani ilgari suradi.

Other Books From - 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi

About the author

Musayev Bekzod Tursunboyevich

ORCID: 0000-0003-2068-4035

Read More

 Orqaga