Jinoyat sodir etgan shaxslarni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq jazolar tushunchasi
Mazkur maqolada jinoyat sodir etgan shaxslarni majburiy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq jazolar tushunchasi yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bunda majburiy mehnat, jinoiy jazo hamda majburiy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq jazolar kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati atroflicha tahlil qilingan. Ushbu tushunchalar yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, Konstitutsiya normalari, xalqaro hujjatlar va boshqa milliy qonunchilik hujjatlarida qayd etilgan aloqador normalarga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, ushbu masalada olimlarning qarashlari tahlil qilinib, har bir masala yuzasidan muallifning aniq xulosa va tavsiyalari ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada jazo nafaqat qasos olishga qaratilgan boʻlishi kerakligi, balki reabilitatsiya va oldini olish vositasi sifatida xizmat qilishi zarurligi, jinoiy jazoni ham jazo, ham tarbiya elementlarini oʻz ichiga olgan koʻp qirrali yondashuv sifatida koʻrish zarurligi xulosa qilingan. Unda jazo huquqbuzarning xulq-atvorini tuzatishga, uning keyingi jinoiy harakatlarga kirishishiga yoʻl qoʻymaslikka va boshqalarni shunga oʻxshash huquqbuzarliklarni sodir etishdan qaytarishga harakat qilishi kerakligi taklif etilgan. Bundan tashqari, maqolada jazoni qoʻllashning qonuniy asoslarini taʼkidlab, uning davlat tomonidan ruxsat etilgan majburlov chorasi sifatidagi maqomi qayd etilgan. Unda, xususan, majburiy mehnat tarzidagi jazo huquqbuzarlarni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish, shu bilan birga, ularni mehnat faoliyatiga jalb qilish vositasi boʻlib xizmat qilishi taʼkidlangan.
Other Books From - 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi
About the author
Orqaga