Raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat munosabatlari transformatsiyasi va notipik mehnat munosabatlari
Bugungi kunda raqamlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga oʻtish va boshqa bir qator ijtimoiy-sotsiologik, geografik, iqtisodiy omillar natijasida mehnat munosabatlarida oʻzgarishlar, yangilanishlar yuzaga kelmoqda. Xususan, anʼanaviy mehnat munosabatlaridan farq qiluvchi notipik mehnat munosabatlari, bandlikning zamonaviy shakllari tobora keng miqyosda ommalashib, mehnat bozoridan mustahkam oʻrin egallamoqda. Shu sababli anʼanaviy mehnat munosabatlarini notipik mehnat munosabatlaridan farqlash, bandlikning notipik shakllarida ishlayotgan xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada mehnat munosabatlari oʻzgarishining nimalarda namoyon boʻlishi, bandlikning zamonaviy, notipik turlarining paydo boʻlishi va ommaviylashuvi oʻrganilgan. Notipik mehnat munosabatlari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha Yevropa jamgʻarmasining tadqiqotlari, hisoboti tahlil qilingan. Rivojlangan mamlakatlarda mavjud boʻlgan bandlikning notipik turlari hamda milliy qonunchiligimizdan oʻrin olgan notipik xususiyatlarga ega boʻlgan, anʼanaviy bandlikdan farq qiluvchi bir qator masofaviy mehnat, sekondment (xodimni vaqtincha boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish), autstaffing, bir martalik ish kabilar taqqoslangan holda oʻrganilgan.
Other Books From - 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi
About the author
Orqaga