Sunʼiy intellektni taʼlim olish jarayoniga tatbiq etishning ayrim jihatlari
Insoniyat oʻz taraqqiyotida ulkan oʻsishga, zamonaviy yashash sharoitiga, raqamli texnologiyalarning aql bovar qilmas imkoniyatlariga erishmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda butun dunyoda keng koʻlamda ommalashayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalari jamiyatning deyarli barcha sohasida qoʻllanib, insonlar uchun koʻplab qulayliklarni yaratmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, taʼlim sohasi sunʼiy intellekt texnologiyalari eng koʻp foydalanilayotgan sohalardan biri boʻlib qolmoqda. Bunday texnologiyalar insonlarning huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashishi bilan birga ayrim hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Xususan, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan taʼlim jarayonlarida foydalanish huquqiy tartibga solinmaganligi sababli taʼlim oluvchilarning teng huquqliligi prinsipiga daxl etmoqda. Bundan tashqari, sunʼiy intellektdan foydalanish uchun taʼlim oluvchi unga shaxsga doir maʼlumotlarini kiritishi yoki shaxsga doir maʼlumotlaridan foydalanishga ruxsat berishi lozim. Bunday holatda shaxsning shaxsga doir maʼlumotlari daxlsizligi masalasi soʻroq ostida qoladi. Ushbu maqolada taʼlim jarayonlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashning huquqiy jihatlari, bunday texnologiyalardan foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlari daxlsizligi, sunʼiy intellektdan foydalanishda taʼlim oluvchilarning teng huquqli ekanligi ilmiy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqot natijasida taʼlim sohasidagi milliy qonunchilik hamda huquqiy amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
About the author
Other Books By - Bokiyev Jahongir Nurmatjon oʻgʻli
Orqaga