Iqtisodiy protsessda odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar faoliyatini raqamlashtirish masalalari
Ushbu maqolada sud eksperti, mutaxassis, tarjimon faoliyati va guvohlar koʻrsatmalarini raqamlashtirish, axborot texnologiyalarining ular faoliyatida tutgan oʻrni, raqamlashtirishga oid muammolar hamda yechimlar oʻrganildi. Iqtisodiy jarayondagi odil sudlovni taʼminlashda raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalari, dasturlar, ilovalar, elektron (masofaviy) platformalar hamda aloqa vositalarini qoʻllash orqali koʻmaklashuvchi shaxslar faoliyatini isloh qilish masalalari boʻyicha xalqaro doktrinalar, olimlarning fikr va mulohazalari koʻrib chiqildi. X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan oʻtkazilayotgan ekspertiza tadqiqotlarida ularni qoʻllash, sud majlisida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish huquqini amalga oshirish, kar-soqovlar uchun surdo va subtitr xizmatlari, tarjimonning tarjima xizmatini taqdim etish, guvoh koʻrsatuvini aniqlash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etishda ekspert xulosasi olish hamda elektron hujjatlarning xavfsiz aylanishini taʼminlash tadqiq qilindi. Amaliy jihatlar, qonunchilikdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek, sudlov jarayoniga koʻmaklashuvchi shaxslar faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash hamda raqamlashtirish sohasida xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy tahlil etildi. Maqola yakunida esa amaldagi protsessual qonunchilik hamda sud amaliyotini takomillashtirish yuzasidan xulosa, taklif va tavsiyalar berildi.
Other Books From - 12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xoʻjalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya
About the author
Orqaga