Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish
Maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar boʻyicha qonunni qoʻllash amaliyoti muammolari tahlil qilingan, ijtimoiy xavflilik xususiyatlari ochib berilgan, xalqaro hujjatlarga moslashtirish zarurati va ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilingan. Tadqiqot natijasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoyat qonuni normalarini tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlar va qarama-qarshiliklar aniqlangan. Xususan, Jinoyat kodeksining XIX bobida nazarda tutilgan jinoyatlar tuzilishi blanket xususiyatli boʻlib, biroq ushbu normalar ularning mazmunini aniqlab beruvchi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning normalari bilan nomuvofiq ekanligi hamda ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar tuzilishining murakkabligi, ayrim normalarda turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilanganligi, shuningdek, qonunni qoʻllash amaliyotida ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi aksariyat belgilarni qoʻllashda xatoliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi va mazkur turdagi ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik oʻrnatilmaganligi hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi mavjud xalqaro-huquqiy hujjatlarning ayrim talablari milliy qonunchilikda oʻz aksini topmaganligi kabilar qayd qilingan. Mazkur holatlar ayni paytda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligiga hamda jinoyat qonunining ushbu turdagi normalarining amalda bir xilda qoʻllanmasligiga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda maqolada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga hamda aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Advokatura va advokatlik faoliyatining mustaqilligini ta’minlash kafolatlari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Turdaliyev Djamshid Djamalovich
Huquqiy davlatni barpo etishda advokatura instituti maqomini oshirish muammolari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Ismailov Shaxzod Akramdjanovich
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida tergov tuzilmalari faoliyatini tashkiliy huquqiy asoslarini takomillashtirish
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Tursunboyev Sardor Murodjon oʻgʻli
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashda prokuror nazoratini takomillashtirish
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Hikmatov Shuxrat Shabanovich
Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda taalluqlilik instituti, qiyosiy-huquqiy tahlil
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Axmedov Dilshod Baxramovich
Prokuratura organlarining yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi faoliyatini tashkillashtirish masalalari
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Urakov Djaxongir Rajabovich
Sud hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazorati
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
Mardonov Kamol Karomat o‘g‘li
ADVOKATLAR MALAKA OSHIRISHI MOHIYATI VA UNING AHAMIYATI
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura
To‘ychiyeva Malika Botir qizi
About the author
Orqaga
Oziq-ovqat xavfsizligiga oid qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari
Ma’muriy sud ish yurituvining о‘ziga xos xususiyatlari va uning tashkiliy-huquqiy asoslari