Saylov jarayoni ishtirokchisi sifatida siyosiy partiyalar, milliy qonunchilik va uni takomillashtirish
Ushbu maqolada muallif Oʻzbekistonda saylov jarayoni ishtirokchisi sifatida siyosiy partiyalar, ularning maqomi, elektorati funksiyasini tadqiq qilgan. Tahlil etishda ilmiy bilishning tarixiy, tizimli, mantiqiy qiyosiy-huquqiy, statistik, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish usullaridan foydalanilgan. Muallif tomonidan fuqarolar siyosiy faolligini oshirishda va saylov qonunchiligini hayotga tatbiq qilishda saylovlar jarayonidagi eng faol subyekt sanalgan siyosiy partiyalar va ularning saylovlarda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etishini koʻrsatib bergan. Siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy hayotda, davlat boshqaruvida ishtirokini taʼminlash, demokratik davlatda davlat hokimiyatining birdan bir manbayi boʻlmish – xalqning siyosiy irodasini ifodalashning muhim vositasi sanaladi. Shuningdek, maqolada siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish va ularning saylovlardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikka takliflar asoslab berilgan. Bundan tashqari, saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlarni koʻrsatish institutini tiklash taklif etiladi.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
About the author
Orqaga