Giyohvandlik bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik masalalari
Mazkur maqolada giyohvandlikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni takomillashtirish istiqbollari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish muammosi, uning salbiy oqibatlari haqida fikr yuritiladi. Xususan, giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, jumladan, 1961-yildagi Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi yagona konvensiya, 1971-yildagi Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiya hamda boshqa bir qator xorijiy va mahalliy qonun hujjatlari tahlil qilingan. Giyohvandlik moddalari isteʼmolining global koʻlami hamda ularning salbiy taʼsiri, shuningdek, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya kabi muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati qayd etilgan. Ushbu masaladagi milliy va xalqaro saʼy-harakatlar, ularning muvaffaqiyatli ijrosini taʼminlash uchun xalqaro tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) va Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning roli taʼkidlangan. Giyohvandlikka qarshi kurashishda samarali xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va bu borada mamlakatlar qonunchilik bazasini muvofiqlashtirish muhimligiga urgʻu berilgan.
Other Books From - 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi
About the author
Orqaga