Vrachning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilishni fuqaroviy-huquqiy tartibga solish
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Butun dunyoda aholining ijtimoiy-tibbiy himoyasi masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi dunyo bo‘yicha tibbiyotning holati, kamchiliklari va ustunliklarini yanada yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu esa, o‘z o‘rnida, tibbiy xizmatning sifati, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi, ularning javobgarligi, bemor huquqlarining kafolatlari kabi masalalar yuzasidan chuqurroq mushohada qilishni talab qiladi. Yevropa davlatlarida har yil tibbiyot xodimlari ustidan 10 mingga yaqin shikoyatlar sudlarga yuboriladi. Ularning yarmini sud tomonidan qanoatlantiriladi, chunki o‘tkazilgan ekspertizalar tibbiyot xodimlarining tibbiy xatosi faktini isbotlaydi. Yevropa kasalxonalarida har yili 15 millionga yaqin odam tibbiy xatolar oqibatlaridan aziyat chekadi. Ya’ni har o‘ninchi bemor davolanish uning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazish bilan yakun topadi. AQShda har yil 100 mingga yaqin bemor noto‘g‘ri tibbiy tashxisdan vafot etadi. Eng gullab-yashnagan mamlakatlardan biri sifatida Germaniyada esa 2023-yilda yo‘l qo‘yilgan tibbiy xatolarning 43,4 foizi yetarlicha amalga oshirilmagan chora-tadbirlar oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, 39,1 foiz tibbiy xatolar amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramasdan sodir bo‘lgan. Chet ellik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tibbiy xatolarning eng katta foizi jarrohlik tadbirlarida to‘g‘ri keladi. Bu esa bemorlarning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazilganda mulkiy himoyalanishning turli mexanizmlarini yaratish masalasining ahamiyatini yanada oshiradi.
Other Books From - 12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq
About the author
Orqaga
Fuqarolik huquqida benefitsiar mol-mulkning fuqarolik-huquqiy maqomi
MEROS MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARINING TURLARI VA ULARNING HUQUQIY TABIATI
ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI