
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov milliy qonunchilik va uni takomillashtirishning huquqiy masalalari
Maqola voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovga doir milliy qonunchilik masalalariga bag‘ishlangan. Muallif mamlakatimizda yuvenal yustitsiyani joriy etish taklifini ilgari surib, bu borada odil sudlov tizimida bola huquqlarini ta’minlashga qaratilgan milliy normativ hujjatlarni tahlil qilgan, bolalarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishga doir BMT xalqaro standartlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirgan. BMT xalqaro standartlarini o‘rgangan holda, milliy qonunchilikni ularga muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlashda eng asosiy masalalardan hisoblangan yuvenal yustitsiya tizimini joriy etishning huquqiy masalalari tahlil qilingan. Bunday tizimning joriy etilishi, eng avvalo, bolalar ishlariga ixtisoslashgan alohida tizimning mavjud bo‘lishi, qonun bilan nizoga kirishgan bolalarning jamiyatga qayta moslashuvi ijtimoiy soha vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilganda, samarali bo‘lishi xulosa qilingan. Muallif yuvenal yustitsiyaning o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirishda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish, bolalarni ozodlikdan mahrum qilishda erishiladigan natijalarning salbiy holatlari to‘g‘risida, nizolarni hal qilishda muqobil turdagi choralarni joriy etish orqali erishiladigan ijobiy natijalar haqida ommaga tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish lozim, degan fikrga kelgan.
Other Books From - 12.00.10 - Xalqaro huquq








About the author

Other Books By - Miruktamova Feruza Lutfullayevna
Orqaga