
Trаnsmilliy uyushgаn jinoyatchilikkа qаrshi kurаshishning xаlqаro huquqiy jihаtlаri
Mazkur ilmiy maqolada transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikning xalqaro huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Maqolada muallif transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xalqaro hamkorligi masalasining nazariy jihatlarini yoritishga harakat qilgan. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb hisoblangan “xalqaro jinoiy guruh” va “xalqaro jinoiy hamjamiyat” tushunchalarining mazmuni va mohiyati tahlil qilingan. Muallifning xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy davlatlar qonunchiligining qiyosiy tahlili ushbu maqolaning o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Bundan tashqari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi transmilliy uyushgan jinoyatlarni sodir etish zamonaviy texnik vositalar va texnologiyalardan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bashorat qilingan natija transmilliy xarakterdagi og‘ir jinoyatlar sonining sezilarli darajada oshishi bo‘ldi. Maqolada davlatlar o‘rtasida lozim darajadagi huquqiy hamkorlikning mavjud emasligi jinoyatchilar bir davlatda jinoyat sodir etib, odil sudlov va tegishli organlarning taʼqibidan qochish maqsadida noqonuniy ravishda boshqa davlat chegaralarini kesib o‘tishi kabi salbiy holatlarning paydo bo‘lishiga va tarqalishiga olib kelishi taʼkidlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida transmilliy uyushgan jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish va oldini olish muammosi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Other Books From - 12.00.10 - Xalqaro huquq








About the author

Other Books By - Valijonov Daler Dilshodovich
Orqaga