
Tergov sudyasi jinoyat protsessining sudgacha bо‘lgan bosqichida shaxs huquqlarining kafolati sifatida
Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishni yangi bosqichga kо‘tarish, shaxsning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, jinoyat ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida advokat nufuzi va protsessual maqomini oshirish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bо‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan, tahlillar shuni kо‘rsatmoqdaki, himoyachining о‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun tо‘laqonli huquqlarga ega emasligi, ularni amalga oshirish mexanizmining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi hamda muayyan tо‘siqlarning, jumladan, isbot qilish jarayonidagi ishtiroki va dalillar tо‘plash bilan bog‘liq huquqlarini amalga oshirishdagi qonunchilik kollizion normalarining mavjudligi ushbu sohani tadqiq etish zaruriyatidan dalolat beradi. Sud-tergov amaliyotini tahlil qilish natijalari jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bо‘yicha mexanizmlar tо‘liq ishga solinmaganligidan, shuningdek, qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish bо‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlarini aniq belgilash bilan bog‘liq bо‘shliqlar mavjudligini kо‘rsatmoqda. Mazkur maqolada aynan himoyachining haq-huquqlarini ta’minlash masalasi tahlil qilingan.
Other Books From - 12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi








About the author

Other Books By - Mirzayev Faxritdin Ziyatovich
Orqaga