Talonchilik jinoyatining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahar Yashnobod tumani boʻyicha hudud metodikasi
Mazkur metodika Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–1-son qarorining ijrosi yuzasidan 2026 yil 5 yanvardagi PQ–1-son qarorining 1-ilovasida talonchilik jinoyatlarining barvaqt oldini olish boʻyicha Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar aks ettirilgan. Shu bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini oʻz vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining 3 samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida qayd etilgan. Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlar oʻtkazilib, huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
About the author
Other Books By - Rozimova Qunduz Yuldashevna
Orqaga
Jazo tayinlashda yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olish masalalari
Bir necha jinoyat va bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash