Soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlashning nazariy-huquqiy mexanizmlari
Ushbu ilmiy maqolada soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlashning huquqiy mexanizmlari tizimli tahlil qilingan. Unda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlashning huquqiy mexanizmlarining zamonaviy yoʻnalishi va yangi gʻoyasi taklif etilgan. Ushbu tadqiqot ishida asosan qiyosiy-huquqiy tahlil metodidan foydalanildi. Shu bilan birga, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllandi. Soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlashning huquqiy mexanizmlari boʻyicha turli xorijiy va mahalliy iqtisodchi va huquqshunos olimlarning fikrlari asosida muallifning tahliliy mulohazalari asosida oʻrganilgan hamda xorijiy davlatlar tajribasi misolida tahlil qilingan. Natijada soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlash borasidagi ayrim muammolar, xususan, mavjud normalarning ishlamasligi va uning sabablari aniqlandi. Muallif tomonidan soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlashga oid qonunchilik normalaridagi boʻshliqlar va qonunosti hujjatlarini tez oʻzgaruvchanlik sabablari va ularni soliq toʻlovchilar uchun taʼsiri tahlil qilingan. Shu bilan birga, soliq nazoratiga oid qonunchilikni qoʻllashda kamchiliklar borligi, ularni tuzatish uchun ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish lozimligi aniqlangan. Maqolada ushbu sohadagi mavjud muammolar tahlilidan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Other Books From - 12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi
About the author
Other Books By - Ergashev Ikrom Abdurasulovich
Orqaga